Maqom

Maqom (Arab. — joy, makon, o’rin) — musulmon Sharqi musiqasida asosiy tushunchalardan biri. Dastlab mu-ayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholg’uning dastasida barmoq b-n bosiladigan joy, parda ma’nosida ishlatilgan. Keyinchalik Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida M.ning mazmun doirasi to-bora kengay- ib, bir-biriga nisbatan bog’liq boshqa ma’nolarni ham anglata boshladi: lad tuzilmasi, lad tizimi; muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar; shakl, janr; bir qismli yoki turkumli cholg’u va ashula yo’llari; musiqiy uslub va b. M.larga oid nazariy va musiqiy- estetik masalalar Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy va Forobiy (9-10-a.), Ibn Sino va Ibn Zayla (11-a.), Safi- Uddin al-Urmaviy (13-a.), Mah-mud ash- Sheroziy va Abdulqodir Marog’iy (14-a.), Jomiy va Zaynulobiddin Husayniy (15- a.), Najmiddin Kavkabiy Buxoriy (16- a.), Darvishali Changiy (17-a.) va b. olim- larning musiqiy risolalarida tadqiq etilgan. Yaqin va O’rta Sharq mumtoz musiqa nazariyasida 13-a.ga qadar M.lar soni aniq belgilanmagan. Safiuddin al-Urmaviy M. nomlaridagi parda tu- zilmalarini ilmiy tasniflab, o’n ikki maqom tizimini ishlab chiqqan. Ushbu tizim birmuncha takomillashtirilgan holda qariyb 17-a.ga qadar qo’llanib ke- lingan. O’n ikki maqom negizida keyin- chalik har xil milliy hamda mintaqaviy M. turlari va turkumlari vujudga kel- Di. Bular o’zbek va tojiklarda M. deyil- sa, turkman va uyg’urlarda muqom, Eron xalqlari, Ozarbayjon va armanlarda mu- rom yoki dastgoh, turklarda makam, Arab xalqlarida maqam shaklida talaffuz qilinadi. Xalqchil, milliymahalliy an’analar ta’siri ostida M.larning musiqiy va ijroviy xususiyatlari yangi xislatlar b-n boyigan holda umumiy soni, nomlanishi, tartibi hamda tu- zilishida muayyan mushtaraklik va ta- fovutlar mavjud. Hoz. kunda M.lar o’z salmog’i va maz-muni b-n ko’pgina musulmon Sharq xa-lqlari musiqa merosining asosiy kismini tashkil etadi. Ular shaklan va usluban rangbarang ohangdor kuy va ashu- la yo’llaridan iborat. Xususan, o’zbek mumtoz musiqasida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg’ona — Toshkent maqom yo’llari, shuningdek, yovvoyi M., surnay, dutor M. yo’llari yuzaga kelgan. Milliy musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etgan M. nomidagi cholg’u va aytim musiqa asarlari o’tmish basta- korlik ijodiyotining mumtoz mahsuli bo’lib, asrlar davomida og’zaki an’anada sayqal topib bizgacha etib kelgan. 20-a. boshlaridan shu kunga qadar o’zbek bastakorlari va komggozitor- lari M.lardan unumli foydalanib kelmoqdalar. M. negizi va uslubida bastalangan Hoji Abdulaziz, sodir- xon Hofiz, yu. Rajabiy, F. Sodiqov, K. Jabborov, S. Kalonov, O. Hotamov, F. Mamadaliev va b.ning kuy va ashulala- ri, V. Uspenskiyning “Farhod va Shi- rin” musiqali dramasi, R. Glier va T. Sodiqovlarning “Layli va maj-nun”, M. Ashrafiyning “Dilorom” operala- ri, M. Burhonovning “Alisher Navoiy- ga qasida”si, M. Mahmudovning “Navo”, M. Tojievning 3,9 va 11sim-foniyalari, shuningdek, poema, syuita, oratoriya, kantata, xor kabi janrlarni ijodiy o’zlashtirishda o’zbek M.i qonuniyatlari hamda o’ziga xos ifoda vositalari muhim omil bo’lib xizmat qildi. Ko’hna M. san’- ati o’zining barkamol badiiy-estetik ahami-yatini tiklab, zamonaviy musiqiy jarayonning ajralmas tarkibiy qismi si- fatida o’zining beqiyos ijodiy, ijroviy va ilmiy salohiyatini namoyon etmoqda. Xususan, M. ijrochilarining Respubli- ka tanlovlari 1983 y.dan e’ti-boran har 4 yilda muntazam o’tkazib kelinmoqda. M. masalalariga bag’ishlangan ko’plab ilmiy-ijodiy konferen-tsiyalar (“ra- jabiyxonlik”, 1993, 1996, 1999), se- minarlar, xalqaro musiqashu-noslik simpoziumlari (Samarqand, 1978, 1983, 1987, 2001; Berlin 1988, Finlyandiya 1996, Istanbul 1999) o’tkazilmoqda. M.larning ilmiynazariy hamda amaliy asoslari mamlakatning boshlang’ich, o’rta maxsus, oliy musika va san’at ta’li- mi muassasalarida o’qitilib, malaka- li mutaxassislar tayyorlanmoqda. 1987 y.dan YUNESKO huzuridagi an’anaviy musiqa bo’yicha xalqaro uyushma (IFMC) qoshidagi “Maqam” ilmiy guruhi faoli- yat ko’rsatmoqda. Ad.h Rajabov I., Maqomlar masa- lasiga doyr, T., 1963; Ibrohimo v o., Maqom va makon, T., 1996. Ravshan Yunusov.