“Maqom” ansambli

“Maqom” ansambli – h) maqomlarni ijro etishga ixtisos-lashgan xonanda va sozandalar guruhi. Ularning ijro dasturlaridan asosan maqomlar, shuningdek, o’zbek bastakorla- rining kuy va ashulalari, xalq musiqasi na-munalari o’rin oladi. 20-a.ning boshlariga qadar “M.”a.lari Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo’qon, Toshkent va b. yirik shaharlarda, xususan saroy sharo- ITIda faoliyat kursatgan. Keyinchalik “M.”a.lari yangicha shart-sharoitlarda mumtoz milliy musiqa ijodiyotini keng targ’ib qilish maqsadida qayta tuzil- gan. O’tmishda “M.”a.lari tomonidan maqomlar yaxlit turkum holda yoki ular- ning alohida-alohida cholg’u va ashula qismlari ijro etilgan. Bunda, jumla- dan, Shashmaqomttt talqin, Nasr, Savt kabi sho”balarini aytishga ixtisoslash- gan hofizlar talqinxon, nasrchi, savtxon deb yuritilgan. Ularga tanbur, doyra yoki ixcham cholg’u ansambli jo’rlik qilgan. Jumladan, 19-a.ning oxirida Buxoroga mos “M.”a. tarkibida, odatda, 2 ta tan- bur, dutor, qo’biz (yoki Sato), doira va 2-3 nafar jo’rovoz hofizlar bo’lgan. 1920-y. larda tashkil topgan Sharq musiqa makta- blarida, Samarqand musiqa va xoreogra- fiya in-tida maqom ijrochiligidan saboq berishda opga Jalol Nosirov, ota G’iyos Abdug’ani, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Matyoqub Xarratov kabi yirik maqomchi ustozlar xizmat qilganlar; 2) O’zbekiston teleradiokom- paniyasi qoshidagi Yunus Rajabiy nomi- dagi “maqom” ansambli. 1959 y.da aka- demik yu.Rajabiy tashabbusi b-n tuzil- gan. 1989 y.dan Yunus Rajabiy nomida. Respublika radiosi huzurida 1927 y.da tashkil topgan o’zbek xalq cholg’ulari an- sambli (rahbar yu. Rajabiy), shuningdek, Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim, To’ychi Hofiz kabi atoqli hofizlarning boy ijodiy-ijrochilik an’analariga tayanib ish tutdi. Ansamblga tajribali xonanda va sozandalar jalb etilib, mil- liy cholg’ulardan tanbur, dutor, chang, ru- bob, g’ijjak, Sato, nay, qo’shnay, doira va b. kiritildi. Ansambl tomonidan, aso- san, Buxoro va Farg’ona-Toshkent makom yo’llari mukammal o’rganilishi hamda noyob ijro uslublari o’zlashtirilishida F. Sodiqov (1961-76 yillarda chang- chi va musiqa rahbari), J. Sultonov, O. Imomxo’jaev, A. Haydarov, K. Ismoi- lova, B. Dovidova, O. Alimahsumov, O. Qosimov, T. Alimatov, O’zbekistonda xiz- mat ko’rsatgan artistlar — K. Mo’minov, A. Ubaydullaev, B. Zirkiev, I. Kataev, S. Aminov, Sh. Ergashev, X. Qodirova, H. Yusupova, 3. Sodiqov, I. Qodirov, shu- ningdek, I. To’raev, D. Sottixo’jaev, U. Otaev va b.ning ulushi katta bo’ldi. Bu jamoa ijrosida Shashmaqom, Farg’ona— Tosh-kent maqom yo’llari magnit tasmasi hamda grammofon plastinkalarga yozib olinib, bir necha bor ko’paytirilgan. Yu. Rajabiy rahbarligida keng faoli- yat ko’rsata boshlagan bu ijodiy ja- moa katta va o’ziga xos maktab yaratishga muvaffaq bo’ldi. Ansamblga badiiy rahbar sifatida ishlagan yu. Rajabiy (1959-76), o.Alimahsumov (1976-79), Sh. Mirzaev (1979-81), G’. Toshmatov (1981-86), A. Ismoilov (1989-96 va 1999 y.dan), Isroil Vahobov (1996— 99)larning xizmatlari katta. So’nggi davrdagi ansambl tarkibi ud va qonun cholg’ulari b-n kengaydi, maqomlarning ijro talqinlari yanada ko’paydi. “M.”a. ijrochiligining keyingi ravnaqida A. Ismoilov va A. Abdurashidov, O. Hotamov, O. Otaxonov, E. Lutfullaev, H. Rajabiy, M. Tojiboev, M. Yo’ldoshev, aka-uka Vahobovlar, B. Do’stmurodov, T. Maxmudov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar A. Xoltojiev, M. Dalabosova, N. Sattorova, A. Dadaev, M. Ziyoeva va b.ning munosib hissasi bor. Ansambl sozanda va xonandalari nufuz- li musiqiy anjumanlar, shu jumladan, YUNESKO qoshidagi xalqaro musiqa ken- gashining VII Kongressi (Moskva, 1971), Xalqaro musiqashunoslik simpoziumla- ri (Samarqand, 1978, 1983, 1987), “Sharq taronalari” xalq-aro musiqa Festi- vallari (Samarqand, 1997, 1999, 2001) da muvaffaqiyatli ishtirok etgan; 3) O’zbekistonning turli joylar (madaniyat saroylari, o’quv yurtlari, viloyat televi- deniesi va b.)da tashkil topgan profes- sional va havaskorlik makom ansamblla- ri 1970 y.lardan faoliyat ko’rsatmoqda (Xorazm, Andijon, Buxoro, Samarqand, Qo’qon va b.). “M.”a.lari ustozona makom ijrochiligi an’analarini davom ettir- gani holda boshqa mumtoz kuy va ashu- lalarni hoz. zamon tinglovchilarining didi, talab va ehtiyojlariga moslab ijro etilishiga alohida aqamiyat beradi. 1972 y.da Toshkent konservatoriyasi (hozirda O’zbekiston davlat kon-servatoriyasi) tarkibida Sharq musiqasi (hozirda an’- anaviy ijrochilik) kafedrasi ochilishi b-n sozanda talabalar uchun “M.”a. nomli o’quv-amaliy fani joriy etildi. Kon- servatoriya talabalaridan iborat cholg’u “M.”a. ijrosida Buzruk maqomi cholg’u qismlari (1973, rahbar F. Sodiqov), shu- ningdek, Shashmaqomning barcha mushki- lot yo’llari (rahbar dosent A. Hamidov) ilk bor mukammal holda yozib olinib, 5 ta maxsus grammofon Stereo plastinka- lar (jami 11 dona) chiqarilgan (1987— 91). Xorazm maqomlari to’liq holda 1990-y.larda Xorazm viloyat teleradiosi qoshida tuzilgan “M.”a. (badiiy rahbar R. Jumaniyozov) ijrosida magnit tasma- siga yozib olingan. Hoz. musiqa va san’at kollejlarida hamda ba’zi boshlang’ich musiqa va san’at maktab va liseylarida ham maqom yo’llari o’qitilmoqda. 1983 y.dan muntazam o’tkaziladigan maqom ijrochilarining respublika tanlov- larida “M.”a.lari ham ishtirok etadi. 1991 y.da bu tanlovga Yunus Rajabiy nomi berilgan. Ravshan Yunusov.