Maqola

Maqola —publisistik janr. M.da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat si- yosati, iqtisodiyot, texnika, fan va ma- daniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo’jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh M., naza- riy va targ’ibot M., muammoli M. keng qo’llanadi. Bosh M. (yoki tahririyat to- monidan yoziladigan M.) tahririyatning eng mas’uliyatli M.si bo’lib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masala- larni o’quvchilar ommasiga etkazish va- zifasi qo’yiladi. Bunday M. muayyan masala yuzasidan yo’l-yo’riq ko’rsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yuli- ni belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat xuj- jatlari, qarorlari, qonunlari dav- rning dolzarb masalalari bosh M.da ochib beriladi. Nazariy M. va targ’ibot M.ning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g’oya, istiqlol mafkurasining asoslari va printsiplarini; ilmiy M.ning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashti- rish, o’quvchining g’oyaviy, ilmiy saviyasi- ni oshirishdan iborat. Muammoli M. mu- nozara va bahsla-shuv mazmunida bo’lib, unda biror masala yuzasidan muallif o’z qarashlarini o’rtaga tashlaydi. O’zbekistonda M. janri tarixi, aso- san, “Turkiston viloyatining gazeti” b-n bog’liq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari o’z ifodasini topgan (Furqat, ibrat, Hakimxon va b.). Key- inchalik taraqqiyparvar o’zbek milliy matbuotida Hamza, AB-dulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va b. o’z M.lari b-n ish- tirok etishgan. Hoz. ommaviy vositala- rida M.ning hamma turlarida material- lar berib boriladi. M. istilohi keng ma’noda gaz., jur., radio, televidenie, shuningdek, to’plamlardagi ilmiy asarlarga nisba- tan ham qo’llanadi. Ad.h Muhamadiev R., Publisisti- ka janrlari, T., 1965; Abduazizova N ., O’zbekiston jurnalistikasi tarixi, T., 2002. Nazira Abduazizova.