Mayakovskiy Vladimir Vladimirovich

Mayakovskiy Vladimir Vladimirovich [1893.7(19).7, Kutaisi sh. — 1930.14.4, Moskva] — rus shoiri. 1906 y., otasi vafotidan so’ng, oilasi b-n Moskvaga ko’chib borib, klassik gim- naziyaga, 1911 y. esa tasviriy san’at, haykaltaroshlik va me’morchilik bilim yurtiga o’qishga kirgan. Shu yili rus futuristpar guruhi tashkilotchisi D. Burlyuk b-n tanishgan. 1912 y. “Jamoat didiga tarsaki” to’plamida dastlabki she’riy asari chop etilgan. Ijtimoiy silsilalar arafasida she’riyatga kirib kelgan M. simvolizm va akmeizm esteti- kasiga qarshi chikali, e’tirof etilgan ustoz shoirlar, jumladan, A. Blokning badiiy tajribalariga tanqidiy yonda- shadi. 1913 y. “Vladimir Mayakovskiy” t-ragediyasini yozadi, “men!”ilk she’riy kitobi nashr etiladi. M.ning dastlabki ijodida “cholvorli bulutlar” (1914— 15) dostoni muhim o’rin egallaydi. Bu dostonda in-Tim syujet ijtimoiy va kosmik miqyosga, sevgi esa bayroq — qalb darajasiga ko’tarilgan. M.ning Osip va Lilya briklar oilasi, ayniqsa, Lilya Brik b-n tanishuvi uning taqdirida hal kiluvchi rol o’ynagan. Ijtimo- iy hayotda sodir bo’layotgan o’zgarishlar M.ni chetlab o’tmadi. M. 1917 y. Okt. dav- lat to’ntarishini xushnudlik b-n qarshi oldi. Undagi voqealarning shiddatli ruhini o’z she’riyatiga singdirdi (“so’l marsh”, 1918). Turli janr va sohalarda ham ijodiy kuchini sinab, bir necha fil – mlar (“pul uchun tug’ilmagan”, “xonim va bezori” va b.) stsenariylarini yozdi va bu filmlarda bosh rollarni ijro etdi. 1917 y. avg.da esa musiqali drama tea- trida davrning qaxramonona, epik va sa- tirik tasviri bo’lgan “Misteriya-Buff” pesasi namoyish etiladi. Shu davr- dan boshlab M. iste’dodi bolshevism g’oyalariga to’la-to’kis xizmat qiladi. M., insoniy sajiyasiga ko’ra, xudbin- lik, hasad, kalondimog’lik, mansabpa- rastlik, pora-xo’rlik singari illatlar b-n murosa qila olmovchi kishi edi. M. bolsheviklarni jami-yatni ana shunday qusurlardan xalos etuvchi, sovetlar mam- lakatini yuksak taraqqiyot manziliga el- tuvchi kishilar, deb bildi. Shuningdek, u “yangi jamiyat”ni barpo etayotgan kishi- lar orasida ham haftafahm, amalparast kishilar borligini o’z ko’zi b-n ko’rdi va ularni “qandala” (1928), “hammom” (1929) satirik pesalarida aks ettir- Di. Bu pesalar ko’p o’tmay taqikdanadi va Stalin vafotiga qadar (1953) hech erda qo’yilmadi. M. 1924-25 y.larda Frantsiya, Amerika singari qator xori- jiy mamlakatlarda bo’ldi. “Amerikani kashf etishim” asarida buyuk mamlakat- ning kuch-qudratidan hayratga tushdi, shu b-n birga bu mamlakatda dollarning axloq va vijdon mezoniga aylangani- dan o’pkalandi. M. ijodining so’nggi bosqichida ana shu nafrat va muhabbat tuyg’ulari shoir asarlari (“hayqiriq”, “Juda soz!”, “Qandala”, “Hammom” va b.)ning bosh leytmotivi darajasi- ga ko’tarildi. U o’z ijodi va jangovar so’zi b-n sosialistik qurilishga hissa qo’shishga urindi. Gorkiy b-n birga sho’ro adabiyotidagi sosialistik realism metodi asoschisi bo’ldi. Ammo u ishongan davlat tizimi o’sha yillardayoq byuro- kratik apparatga aylanib borayotgan, u ishongan davlat rahbarlari esa xalqdan va uning peshqadam siymolaridan yuz o’girayotgan edilar. M. bir tomondan, Raapchi safdoshlari (proletar yozuvchi- lari) tomonidan tark etilgan, ikkinchi tomondan, “muhabbat kemasi”, o’zi yozga- nidek, suv osti toshlariga urilib shi- kastlangan. M. 1930 y. 14 apr.da o’zini- o’zi otib o’ldiradi. M. isyonkor she’riyati b-n nafakat rus, balki L. Aragon, P. Neruda, V. Bro- Nevskiy, Nozim Hikmat, G’afur G’ulom, Hamid Olimjon singari turli millat- ga mansub shoirlar ijodiga katta ta’sir o’tkazdi. She’riyatning tarixiy-ijtimo- iy davr b-n hamqadam, jo’shqin va shid- datli hayotga hamnafas bo’lishida, yangi shakl va tasvir vositalarini axtarib topishda M. an’analari o’z rolini o’tadi. Ammo shu b-n birga she’riyatning siyosat- lashishi va mafkuraviy qurolga ayla- Nishida ham M.ning ta’siri kattadir. G’.G’ulom, Shayxzoda, A. Muxtor tomoni- dan “hayqiriq”, “juda soz!”va b. asar- lari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Polnoe Sobranie sochineniy, 1 — 13 t., M., 1955-61; tanlangan asarlar, T., 1966. Ad.: Rasuliy M., Mayakovskiy asar- lari o’zbek tilida, T., 1961; Rasuliy M., Mayakovskiy v Uzbekistane, T., 1965. Naim Karimov.