Ma’muriy huquq

Ma’muriy huquq – huquq sohasi. Davlatni idora etish jarayoni- da, ya’ni ijro va farmoyish faoliyati- ni amalga oshirishda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga so- luvchi yuridik normalar majmuini o’z ichiga oladi. Boshqaruv faoliyati turla- rining xilma-xilligi M. h.ning keng ko’lamli va ko’p tarmoqliligini taqozo etuvchi asosiy omildir. M. h. me’yorlari barcha ijro etuvchi hokimiyat organlari- ning vakolatini aniqlaydi hamda davlat boshqaruv organlarini tuzish, ularni qayta tashkil qilish va tugatish tarti- bini belgilab beradi. Ular fukarolar- ning davlat boshqaruv sohasidagi huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi, ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati va mansabdor shaxslarning xulq-atvoriga yagona qonunqoidalarni belgilab beradi, ma’murii krnunbuzar- liklar uchun javobgarlik va uni ko’llash tartibini ko’rib chiqadi. M. h. me’yorlari turli ma’muriyhuquqiy munosabatlarning katnashchilari orasida yuzaga kelayotgan ma’muriyhuquqiy munosabatlar do- irasida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida respublika Preziden- ti, barcha darajadagi davlat boshqaruv organlari, davlat xizmatchilari, nodav- lat notijorat tashkilotlari, jismoniy shaxslar (uzr fuqarolari, chet mamla- katlarning fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar) ma’muriyhuquqiy munosabatlarning qatnashchilari jumla- siga kiradi. Uzbekiston Respublikasi M. h. ti- zimi umumiy va maxsus qismlardan iborat. Umumiy qism me’yorlari dav- lat boshqaruvining asosiy tomoyilla- rini, M. h. sub’ektlarining huquqiy holatini, davlat xizmati asoslarini boshqaruvining huquqiy shakllari va usullarini davlat boshqaruv tizimidagi qonuniylik va in-tizomni ta’minlash usullari va tartibini mustahkamlaydi. Maxsus kiem esa davlat bo-shqaruvining turli tarmoqlari va sohalaridagi ij- timoiy munosabatlarning o’ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi me’yorlarga bag’ishlangan. Unda iqtisodiy, ijti- moiymadaniy hamda ma’muriysiyosiy faoliyat sohasidagi boshqaruvni yo’lga solish me’yorlari yoritib berilgan. Tarmoqlararo davlat boshqaruvini tar- tibga soluvchi me’yorlar ham shular jum- lasiga kiradi. Turli davlat organlari tomonidan chiqariladigan me’yoriyhuquqiy aktlar M. h.ni bayon qilish shakli, uning manba- lari bo’lib xizmat qiladi. Uzr Konsti- tusiyasidagi mavjud me’yorlarning aksa- riyat qismi bevosita ma’muriyhuquqiy yo’nalishga ega bo’lgan eng muhim me’yor- lar jumlasidandir. Bular, mas, ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaklla- nish va faoliyat ko’rsatish asoslarini belgilab beruvchi xamda fuqarolarning davlat boshqaruv tizimidagi huquq va erkinliklarini mustahkamlovchi kon- stituiiyaviy me’yorlar sanaladi. M. h. asosiy me’yorlari O’zbekiston Respubli- kasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim, mudofaa, joylardagi davlat hokimiyati, sanitariya nazorati va b. to’g’risidagi qonunlarida o’z ifodasini topgan. O’zbekiston Respublikasi Preziden- tining davlat boshkaruv organlarini tu- zysh, ularni qayta tashkil qilish va tuga- tish to’g’risidagi, shuningdek, boshqaruv tizimlarini iqtisodiy, ijtimoiy- madaniy, ma’muriysiyosiy qurilish va h. k. sohalaridagi, turli tarmoqlarni takomillashtirish to’g’risidagi ko’plab qarorlari M. h. manbalari bo’lib xizmat qiladi. Davlat boshqaruvini tartibga so- lish ishi O’zR hukumatining, tarmoq va tarmoqlararo davlat boshqaruv organ- larining, shuningdek, joylardagi va- kolatli va ijro etuvchi organlarning me’yoriyhuquqiy aktlari b-n amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi dav- lat boshqaruv organlarining huquqiy maqomini belgilab beruvchi aktlar- ni qabul qiladi, M. h. manbalari hisoblanadigan turli xil krnun- kridalarni tasdiklaydi. M. h. man- balari katoriga, jumladan, qarorlar, buyruqlar, tarmoq va tarmoqlararo boshqaruv organlari (vazirliklar, mahkamalar, davlat qo’mitalari, re- spublika agentliklari)ning turli xil yo’riqnomaviy materiallari, shuning- dek, joylardagi davlat hokimiyati or- ganlarining qarorlari kiradi. Mustaqillik yillarida M. h. me’yor- lari ancha yangilandi. Chunki, davlatning iqtisodiy funktsiyalari, barcha daraja- dagi ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi va ular faoliyatidagi asoslilik, omilkorlik singari jihatlar ham tubdan o’zgardi. Markazlashmagan tizimga o’tish va umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lmagan qator vakolatlarning Markaziy organ- lardan quyi bo’g’inlarga o’tkazilishi ja- rayoni ro’y bermoqda. M. h.ning ijro etuvchi hokimiyat tu- zilishini tokomillashtirishda, davlat xizmatining huquqiy asoslarini vujud- ga keltirishda, bozor iqtisodi-yotini tartibga solishda, fuqarolar va tadbir- korlik tizimlari qonuniy huquklari va manfaatlarining qat’iy himoya ostiga olinishini ta’minlashda ahamiyati kat- ta. M. h. me’yorlarini takomillashtirish jarayoni ijro etuvchi hokimiyat organla- rida 2 yo’nalishda ketmoqda. Vir tomon- dan, ijro etuvchi hokimiyatning marka- ziy va mahalliy organlari orasidagi va- kolatlarni chegaralash yo’li b-n, ikkinchi tomondan esa — bajaradigan vazifasiga kura bir xil tipdagi davlat boshqaruv organlarining huquqiy maqomini belgilashda bir xillikni ta’minlash hamda davlat va ijtimoiy hayotning tur- li sohalaridagi boshqaruv darajasini yuksaltirish yo’li b-n ushbu jarayon amal- ga oshirilmoqda. Iqtisodiy munosabatlarni boshqarib borishning bozor mexanizmiga o’tish sha- roitida M. h. me’yorlari yangi iqtisodiy boshqaruv omillarining joriy etilishi – ni nazarda tutadi (li-tsenziyalash, kvota belgilash, soliq solish va undirish). Bo- zor iqtisodiyotining ma’muriyhuquqiy ta’minlanishi iqtisodiy va ijtimoiy sohalar rivojini prognozlash va dastu- riy rahbarlik qilish, O’zbekistonning ilmiytexnikaviy salohiyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash hamda davlat mulkini samarali boshqarish va tadbirkorlikni rag’batlantirishga doyr tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan. Mirzayusuf Rustamboev.