Ma’rifatchilik

Ma’rifatchilik – madaniyat va ma’naviyat sohasidagi oqim. Uning ne- gizini fan, bilim imkoniyatlariga katta ishonch tashkil qiladi. Ma’ri-fatchilar bilimlar yordamida ijtimoiy hayotdagi nomutanosibliklar va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkinligiga ishon- ganlar. Shu nuqtai nazardan M.ni maf- kuraviy, ijtimoiy-falsafiy oqim deyish mumkin. Ilm-fanni egallash va targ’ib qilish qad. zamonlarda boshlan- gan bo’lsada, M. oqim sifatida G’arbda 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida, Sharqda esa 19-a.ning oxiri — 20-a. boshlarida maydonga keldi. Yunonistonda Demokrit, Sokrat, Platon, Aristotel singari faylasuf- lar, qad. Xitoyda Konfutsiy, O’rta Osi- yoda Kaykovus, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy kabi al- lomalar fanning ulkan ahamiyatini e’- tirof etib, keng targ’ib qilganlar. Ular- ning g’oyalari tom ma’nodagi M. g’oyalari edi. M. G’arbda ham, Sharqsa ham bir necha umumiy xususiyatga ega bo’lib, diniy aqidapara-stlikka qarshi qaratilgan va turlicha davom etgan. G’arb ma’rifatchi- ligining Volter, Monteske, kondi- Lyak, La-metri, Golbax, Didro, gel- vesii, Mabli, Morelli, Kondorse va b. vakillari diniy aqidaparastlikni tanqid qilish b-n cheklanmay, umuman dinga qarshi kurash olib bordilar. G’arb ma’rifatchiligi dahriylik xususiyatini kasb etdi, bu uning asosiy belgilaridan biriga aylandi. Sharq ma’rifatchiligi umu- man dinga qarshi emas, balki Di- niy aqidaparastlikka qarshi bo’ldi. Sharqdagi M.ning yirik namoyandalari Ismoil-bek Gasprinskiy, Zakiy Vali- diy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Fitrat, Munav-varqori, Abdulla Avloniy ka- bilar diniy aqidaparastlikka qarshi keskin kurash olib bordilar, lekin bu kurash dahriylik mavqeidan emas, mo”tadil dindorlik mavqeidan olib bo- rildi. Ularning kupi dindor, ba’zilari esa (M. Behbudiy) diniy ulamo bo’lgan. G’arb ma’rifatchiligi zamindorlar va monarxiyaga qarshi kurash bayrog’i ostida o’tdi. 1789 y. Buyuk frantsuz inqilobish keltirib chiqargan sabablar orasida M. muhim o’rin tutadi. Sharq, xususan, O’rta Osiyo ma’rifatchilari keskin siyosiy ta- lablarni olg’a surishmadi. Ular jami- yatni savodli qilish orqali adolatli va farovon turmushga erishmoqchi bo’ldilar. G’arbda ma’rifatchilar ko’proq tabiiy fanlarga murojaat qilishdi. Chunki yuqorida nomlari zikr etilgan g’arblik ma’rifatchilarning deyarli barchasi ayni paytda tabiatshunos olim bo’lib, ularning ko’pchiligi tabiatshunoslik rivojiga o’z hissasini qo’shgan. Shark- da faqat tabiiy fanlarga emas, umuman ilm-fanga, sog’lom fikrga, mantiqqa mu- rojaat qilishdi. Ular xalqni ro’shno- likka chiqarishning asosiy yo’li — uni savodli qilish, ortiqcha sarf- xarajatlar talab qiladigan marosim- larga qarshi kurashda deb bilishdi. Shu b-n birga, ular diniy aqidaparastlikka qarshi kurashda faqat dunyoviy fanlar- dan emas, Qur’on oyatlari va payg’ambar hadislaridan ham foydalanishdi, zero ularning ko’pchiligi mu-ayyan diniy bi- limlarni ham egallagan edi. G’arb ma’rifatchilari cherkov tomoni- dan ta’qib va tazyiq ostiga olindi. Le- kin 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida Ev- ropada demokratik muassasalar tarkib topa boshlagani, so’z erkinligi va vij- don erkinligi tamoyillari amal qila boshlagani uchun cherkov ularga sezilarli zarba bera olmadi. O’rta Osiyoda esa 19-a. so’nggi choragida rivojlana boshlagan M. harakati vakillari ko’plab qurbon ber- dilar. 20-a. boshida jadidlar harakati (q. Jadidchilik) ikkiga bo’linib, aqidaparastlar kuchayib keta boshlagach, ma’rifatchilar ko’p talofat kura bosh- ladilar. Ularning ko’p qismi ta’qib va sazoyi qilindi. 1918-19 y.larda aqidaparast ulamolarning fatvosi b-n minglab ma’rifatchilar va ularga xayrixoh kishilar jismonan yo’qotildi. Sho’rolar davri tarix va falsafa fanida ma’rifatchilarga idealizm vakillari, deb baho berilgan. Chunki ma’rifatchilar jamiyatni rivojlantirishga inqilobiy to’ntarishlar b-n emas, yaxshilikni, ado- latni, bilimlarni targ’ib qilish yo’li b-n erishmoqchi bo’lgan edilar. Sho’rolar davlati siyosiy amaliyotida esa ularga xalq dushmanlari yorlig’i yopishtirildi, ular jazolandi yoki qatl etidtsi. O’zbekistonda mustaqillik qo’lga kiritilgach, ma’rifatchilarga istiqlolning ma’naviynazariy asoschi- lari deb baho berish ustuvorlik qila boshladi. Aslida rus mustamlakachi- ligi davrida ma’rifatchilar orasida Rossiya b-n birga rivojlanishni targ’ib qiluvchilar oz emasdi. Qanday bo’lmasin, ma’rifatchilar xalqimizning madaniy, ma’naviy rivojlanish tarixida katta o’rin tutadi. Ad:. Oyina (1914-1915 y.), T., 2001; Sharafuddinov O., Istikdol fidokor- lari: Mustafo Cho’qay, Cho’lpon, Otajon Hoshim, T., 1993; Karimov N., Milliy ozodlik kurashchilari va adabiyot, T., 1997; jadidlik va milliy istiqlol tan- tanasi (ilmiy maqolalar to’plami), T., 2002. Abdullajon Begmatov.