Ma’muriy nazorat

Ma’muriy nazorat – davlat va maxsus vakolatli organlar (mansab- dor shaxslar) faoliyatining alohida turi. M. n. qonuniylikni va davlat in- tizomini ta’minlash usullaridan biri hisoblanadi. M. n. davlat organlari, ti- jorat va notijorat tashkilotlari, shu- ningdek, fuqarolarning davlat va jami- yat rivojlanishi uchun ahamiyatli bo’lgan umummajburiy qoidalarga qat’iy rioya qilishiga qaratilgandir. M. n. davlat na- zoratining boshqa turlaridan quyidagi o’ziga xos xususiyatlari b-n farq qiladi: birinchidan, M. n. mulkchilik shakli- dan va mulkning kimga bo’ysunishidan qat’i nazar barcha yuridik va jismoniy shaxslar ustidan amalga oshiriladi. Mac, fuqarolarning jamoat joylarida o’rnatilgan umummajburiy qoidalariga qanday rioya qilayotganligi ustidan ichki ishlar organlari M. n. olib bora- Di; ikkinchidan, M. n. muayyan fuqarolar do-irasiga qaratilgan bo’lishi mum- kin. Mac, o’qotar qurollarini saqlash va foydalanish ustidan yoki radioaktiv materiallarni saklash va foydalanish- da mansabdor shaxslarning mas’uliyati ustidan amalga oshiriladigan M. n. va hokazo; uchinchidan, ichki ishlar organ- lari tomonidan ozodlikdan mahrum etish joylaridan bo’shatilgan shaxslar ustidan amalga oshiriladigan M. n. faqat maxsus vakolatli davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday organlarga davlat bojxona xizmati, davlat soliq xizmati, ichki ishlar organlari, vazir- lik va davlat idoralarining inspektsi- yalari va nazorat organlari kiradi. M. n.ni amalga oshirish jarayonida ma’mu- rii ogohlantiruvchi choralari (mas, ka- rantin e’lon qilish, ozodlikdan maxrum etish joylaridan bo’shab kelgan shaxslar ustidan M. n. o’rnatish); ma’murii che- klash choralari (mas, majburiy davolash, ma’murii tartibda ushlab turish); ma’- muriy-prosessual choralar (buyumlarni yoki hujjatlarni olib qo’yish) hamda ma’murii jazo choralari qo’llanilishi mumkin. Shu sababli, M. n. olib boruvchi davlat organlari (mansabdor shaxslar) bir vaqtning o’zida ma’murii yuristdik- tsion organ hisoblanadi. Erkin Hojiev.