Malomatiylar

Malomatiylar (Arab. – ta’na axli, ta’naga qoluvchilar) — sufiylik tarikatlaridan birining tarafdorlari. M. ta’limotining asosiy qoidalarini Hamdun alkassor (884 y.v.e.) ishlab chiqqan. Al-Muhosibiy (857 y.v.e.), Boya- zid Bistomiy va Saxl at-Tustariy (taxm. 818-896) kabi Iroq zohidlarining qarashlari mazkur ta’limotning shak- llanishida muhim rol o’ynagan. M. harakati umuman yagona tashkiliy tu- zilmaga ega bo’lmay, mustaqil mahalliy to’garaklar shaklida edi. Dastlab Ni- shopurda yuzaga kelib, g’arbga — Iroq va Suriyaga, sharqqa — Movaro-unnahr va Turkistonga tarqalgan. M. fikri- cha, sufiy ezgu amallarini boshqalarga oshkor etmasligi, ular maqtovga emas, balki zarur bo’lsa, ta’namalomatga ham sabab bo’ladigan xatti-harakat qilishi, o’ziga nisbatan g’azabnafrat uyg’otadigan tarzda hayot kechirishi ayb sanalmaydi. Bu yo’ldan borgan sufiylar odamlar orasida be-odobligi, xunuk qiliqlari, o’zini yomon tutishi b-n malomat ortti- rib yurgan. Tariqatning nomi shundan olingan. M. ayrim ruhoniylarning o’z taqvodorligini boshqalarga pesh qilib, ibodat va marosimlarni yuzaki, namoy- ishkorona bajo etishiga e’tiroz bil- dirishgan. Vaqt o’tishi b-n M. tariqati yo’qolib, uning tarafdorlari qolmadi. Bu ta’limotning ba’zi jihatlari naqshbandiylik tariqatida namoyon bo’lgan.