Malov Sergey Efimovich

Malov Sergey Efimovich (1880.4.1, Qozon — 1957.6.9, Leningrad) — turkiy- shunos olim. FA muxbir a’zosi (1939), Peterburg unti sharqshunoslik f-tida o’qigan (1904-09), N.F.Katanov va V.V.Roelovlarning shogirdi sifatida turkiy xalqlarning tarixi, tili, og’zaki ijodiyoti hamda etnografiyasi b-n jid- diy shug’ullangan. Fapbiy va Markaziy Xitoy (Sintszyan va Gansu viloyatlari)da yashovchi uygurlar tili va shevalari usti- da olib borgan tadqiqotlari (1909-11; 1913-15)diqqatga sazovor. M. “Qadimgi turkiy yozuvi yodgorliklari. Matnlar va tarjimalar” (1952), “Uyg’ur tili. Homiy lahjasi. Matnlar, tarjimalar, lugat” (1954), “Sintszyan viloyatining uyg’ur lahjalari. Matnlar, tarjima- lar, lug’at” (1961), “Lobnor tili, Mat- nlar, tarjimalar, lugat” (1955), “sariq uygurlar tili. Lug’at va grammatika” (1957), “sariq uyg’urlar tili. Matnlar va tarjimalar” (1967) kabi asarlar mu- allifi. M. V.V.Radlov b-n hamkorlikda qad. uyg’ur qo’lyozmasi “Oltin yoruq” (“Suvarrahhasa”)HH topdi va e’lon qildi. Uning “turklarning Enisey yozu- VI” (1952) nomli kitobi xalqlarimiz o’tmishi, tillari tarixini o’rganishda muhim manba hisoblanadi.