Malpigi (Malpighi) Marchello

Malpigi (Malpighi) Marchello (1628.10.3, Krevalkore – 1694.30.11, Rim) — italiyalik biolog va vrach. London Qirollik jamiyati a’zosi. Tibbiyot Doktori (1653 yildan), professor (1656-91). Mikroskopda o’simlik va hayvonlar anatomiyasini o’rganib, ularning hujayradan tuzilganligini ta’riflab berdi. O’rgimchaksimonlar, ko’poyoqlilar va hasharotlar talog’ining limfa tanachalari, buyrak chigallarini, chiqarish organlarini, terining o’sish qavatini, shuningdek, o’pka alveolalari, tildagi ta’m bilish so’rg’ichlarini tavsifladi. Kapillyarlarda qon aylanishini aniqladi.