Mamadiyorova Barchinoy

Mamadiyorova Barchinoy (1950.15.1, Zomin tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1999). Toshkent pedagogika institutining Filologiya fakultetini tugatgan (1973). 1973-75 yillarda Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi 66-maktabda, 1975 yildan Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi 4-maktabda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi. Mamadiyorova o’quvchilar o’rtasida tarbiyaviy ishlar olib borishda yuksak natijalarga erishgan. Uning sinfdan, maktabdan tashkari tarbiyaviy ishlar bo’yicha chop etilgan metodik qo’llanmasi shahar o’qituvchilari uchun namunaviy dastur bo’lib xizmat qiladi.