Mamont daraxti

Mamont daraxti, sekvoyya, sekvoyadendron (Sequoia, Sequoia-dendron) — taksodiydoshlar oilasiga mansub bir uyli daraxtlar turkumi. Bo’yi 100 metrcha, tanasining diametri 6-10 metr. 2 ming yilcha yashaydi. Shimoliy Amerikaning g’arbiy sohillarida va Kaliforniyada o’sadi. Mamont daraxtining yog’ochi pishiq, binolar va gidrotexnik inshootlar qurishda, temir yo’l shpallari, telegraf ustunlari va mebel tayyorlashda ishlatiladi. Doim yashil Mamont daraxti va gigant Mamont daraxti degan turi bor. O’zbekistonda manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.