MAMADALIYEV ISLOMJON HAYDAROVICH

Ma’nosi

MAMADALIYEV ISLOMJON HAYDAROVICH (1948.26.1, Yangiqo’rg’on tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). ToshDU ning Filologiya fakultetini tugatgan (1984). 1967 yildan Yangiqo’rg’on tumanidagi 22-maktabda, 1997 yildan Yangiqo’rg’on shaharchasidagi ixtisoslashtirilgan internatmaktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi. Mamadaliyev darsda ko’rgazmali qurollar va texnika vositalaridan unumli foydalanadi.

O‘xshash so‘zlar

M harfi: barcha so‘zlar