Mashina tarjimasi

Mashina tarjimasi – bir ta biiy tildan ikkinchi tilga matnni raqamli hisoblash mashinalari va kom- pyuterlar yordamida tarjima qilish. EHM va kompyuterlar uchun dasturlar tuzish, matematik lingvistika va amaliy lingvistika kabi yo’nalishlar b-n cham- barchas bog’liq. M. t. tizimini yaratish i. t.lar mahsuli xisoblanadi. M. t. g’oyasini birinchi bo’lib frantsuz ixtirochisi J. Arsruni va undan mustaqil ravishda rus ixtirochisi P. P. Smirnov-Troyanskiy- lar 1933 y. ilgari surishgan. Pekin u, asosan, 20-a. 40— 50-y.larida rivoj- langan. M. t. jarayoni matnni tarjima qilish uchun uni tahlil etish, ya’ni mor- fologik, sintaktik nuqtai nazaridan o’rganib chiqishni taqozo qiladi. M. t. ti- zimi uchun ma’lumotlar b-n ta’minlash- ning ushbu 5 turi zarur: lingvistik ta’- minot (matnni taxlil va sintez qilish uchun grammatik hamda semantik ma’lu- motlarni beruvchi avtomatik lug’atlar); matematik-algoritmik ta’minot (matnga ishlov berish algoritmlari va ma’lumot- lar va algoritmlarni qayd qilish uchun qoidalar tizimi), dasturiy ta’minot (tarjima algoritmini amalga oshiruv- chi va qo’shimcha dasturlar), informasion ta’minot (tegishli fan sohalariga doyr ma’lumotlar bazasi) hamda mantiqiy ta’minot (matnni fan sohasiga doyr ma’lumotlar b-n taqqoslash uchun manti- kiy xulosalar usullari) zarur bo’ladi. M. t. tizimida qaysi tildan qaysi til- ga tarjima kilinsa, o’sha tillarning ham grammatik, ham semantik, imloviy xususiyatlarini aks ettiradigan maxsus dastur tuzib olish kerak bo’ladi. Zarur hollarda M. t. ishiga inson-muharrir ham aralashadi. M. t. tizimi kiruvchi va chiquvchi til- larning lingvistik tavsifi (ya’ni barcha darajadagi avtomatik lug’atlar va shart- li grammatika) va algoritm (ya’ni bu lug’atlar va grammatikadan foydalanish- ga doyr yo’l-yo’rikdar) dan iborat. Tar- jima shu asosga asoslanib bajariladi. M. t.da asosiy kiruvchi tillar — ingliz, frantsuz, rus tillari; chikuvchi tillar — o’zbek, nemis, yapon, Chex va b. tillar. Agar maxsus dasturlar tuzilsa, aksincha (mas, o’zbek tilidan rus tiliga) tarjima qilish mumkin.