Mashina tili

Mashina tili – EHM va kom- pyuterlar uchun dasturlar (programma- lar) tuzish “tili”; eng sodda algorit- mik til. Uning mazmuni va kridalari raqamli hisoblash mashinalari va kom- pyuterlarda ishlab chiqiladi. Asosiy mohiyati axborotlar (dastlabki ma’lu- motlar, rakamlar) ni kodlashdan ibo- rat. M. t. timsollari — ikkilik sanok, tizimi (sakkizlik va o’n oltilik sa-noq tizimiga o’tkazib), odatda, timsollar, adreslar, amallar kodi va buyruq bel- gilariga guruxlanadi. Buyruqlardan masala algoritmlari amalga oshiruvchi dasturlar tuziladi. Dasturda har qaysi masala algoritmini amalga oshirish uchun aniq buyruklar bo’lishi kerak: sonlar xotira qurilmasining qaysi uya- sida saqlanishi, sonlarni ishlatish va jo’natish yo’llari, hisoblash natijala- ri qaerda saqlanishi aniq ko’rsatiladi. M. t.ning asosiy kamchiligi bir turdagi EHM va kom-pyuterlar uchun tuzilgan dasturlar boshqa turlardagilari uchun yaramaydi. Dasturlar tuzish uchun juda ko’p M. t. yaratilgan — Algol, Fortran, ko- bol, Simula va b. Ularning har biri uchun mashina dasturini qayta tuzuvchi trans- lyator mavjud. Ikkilik sanoq tizimidan ko’ra mukammalroq yuqori darajadagi M. t. sifatida blok sxemalardan foydala- niladi (q. Programmapash). Ad.: A’zamov A., Yo’ldoshev A., Bey- sik MSX, T., 1993.