Maxmur

Maxmur (taxallusi; asl ism- sharifi Maqmud Mulla Shermuhammad o’g’li, ?—Qo’qon — 1844) — o’zbek mum- toz adabiyoti namoyandalaridan biri. Shoir Mulla Shermuhammad Akmal Ho’qandiyning o’g’li. Qo’qondagi Ma- drasai Mirda tahsil olgan. Umarxon qo’shinida sarbozliksipohiylik qilgan. M. yoshligidan she’riyatga havas qo’yib, Sa’diy, Hofiz, Jomiy, Navoiy merosi- ni o’rgangan. Shoirning shaxsiy hayoti juda og’ir kechgan, bu esa uning ijodida ham yorqin iz qoldirib, ko’pchilik she’rlari- ning mazmunruhiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. M. tabiatan munofiqlik va riyokorlikni qat’iy qoralovchi, hiylanayrang va qing’ir ishlarni yoqtirmaydigan, ayni zamonda, nozik did va serjahl, o’z qadrqimmatini yuqori tu- tuvchi inson bo’lgan. M.ning an’anaviy devon tuzganligi noma’lum. 1950 y.da Po’latjon Qayumov va Asqarali Charxiylar izlanishlari tu- fayli Qo’qonda M.ning o’zbek va forsiy tillardagi she’riy majmuasi to-pilgan. M. asarlarining deyarli hammasi o’z maz- Mun va ruhiga ko’ra, hajviy va tanqidiy yo’nalishdadir. Mumtoz she’riyatning g’azal, masnaviy, muxammas va qasida tur- larida yaratilgan bu asarlar milliy ada- biyotda ijtimoiy hajviyotning M. ijodi- da yanada yuksak pog’onaga ko’tarilganini ko’rsatadi. Shoir o’z davridagi tuzumning ko’pdan-ko’p illatlarini keskin tanqid ostiga olgan, o’sha zamondagi adolatsiz- lik, zo’ravonlik va huquqsizlikni fosh etgan. Bu tanqid, ko’pincha, “jafokor FA- lak”, “berahm charx” qilmishidan o’tli shikoyat, achchiq taqdirdan, befayz hayotdan nolafig’on tarzida yuzaga kelgan. Qishloq ahlining och-yalang’och hayoti, o’lkani qurshagan vayronagarchilik, xa- robazorlarga aylangan qishloklarning ayanchli manzarasi “Hapalak” satirasi- da jonli va ta’sirchan chizilgan. Unda shoir juda katta ijtimoiy mazmunni o’ziga xos ramziy obrazlarda, xalqona qochiriq va achchiq kino-yalar, imo-isho- ralar vositasida esda qolarli daraja- da badiiy mahorat b-n ifodalay olgan. M.ning xalq so’zlashuv tiliga ko’chib, maqolmatallar doirasidan mustahkam o’rin olgan “Tovuqi ignachiyu o’rdagu G’ozi — kapalak!; Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, to’rt katalak!; Xalqini ko’rsang agar o’lasiyu qoqu xarob,ochlikdan egi- lib qomati misli Kamalak” kabi mis- ralari Hapalak qishlog’ining xarobaga aylanganini (shoirning onasi shu erlik bo’lgan), dehqonlarning esa o’ta qashshoq hayotini ishonarli gavdalantiradi. Vay- Rona qishloqlar va bechora dehqon ahli mav-zui M.ning boshqa she’rlarida ham shu tarzda tanqidiy ruxda hayotiy taxlil etilgan. M.ning ko’pgina hajviy she’rlari za- monasidagi aniq shaxslarga qaratilgan: “Isqotiy”, “Amakim”, “Xo’ja Mir Asad hajvi”, “Hajvi Atoyi poraxo’r”, “qozi Muhammad Rajab avj sifatlari” va b. M. ijodiy merosida hajv san’ati- ning murakkab, ayni zamonda, mahsuldor va yorqin usullaridan biri — o’z-o’zini fosh etish usulida yaratilgan asarlar alohida o’rin tutadi. Shoirga zamondosh tarixiy shaxslar — yuqori lavozimli amaldorlardan Hoji Niyoz, Hakim Tu- Robiy, Mulla Ya’qub Xo’jandiy kabilar- ning jirkanch tabiati va qabih amaliy- ijtimoiy faoliyatlarini ayovsiz fosh etuvchi hajviyalar bu turkumning etuk namunalaridir. Shoir qoldirgan adabiy meros ichida “Karimquli Mehtarning sifatlari” deb nomlangan masnaviy alohida o’rin tuta- Di. Tarixan hayotda bo’lgan vo-qeani ba- diiy bayon etuvchi bu asarda shoir mohir hajviy — hazil she’r ustasi sifatida namoyon bo’ladi. Karim-quli Mehtar to- monidan o’ziga ajratilgan sovg’a — otni ta’riflash jarayonida hajviy tasvir- ning go’zal lavhalarini yaratadi. “Suv ham ichsa tamog’iga tiqilar, pashsha gar qo’nsa yoliga yiqilar” darajasida qirchang’i bo’lgan, “kunda etti no’xta uzar, misli Qo’chqor suzar, og’zida tishdin asar yo’q” ot ta’rifida M. xalqog’zaki ijo- dining lof, askiya turlari ruhi va US- lubida quv-noq misralar bitadi (“ham harishu ham xarobu ham badnom, ikki ming ayb angadur mudom…”). M. — zullisonayn shoir. Fors tili va she’riyatini mukammal bilgan. Bir qancha forsiy asarlar ham yaratgan. Uning merosida Sharq she’riyatining mulamma va shiru shakar turlarining namunalari mavjud. M. ijodiy faoliyati o’zbek mum- toz adabiyotida tanqidiy yo’nalishning, ayniqsa, hajviyotning taraqqiyotida na- vbatdagi yuqori bosqich bo’ldi. M.ning hajviy she’rlar devoni saqlangan, unda 69 asar (3417 misra) jamlangan, lirik asarlari esa bayozlarda uchraydi. M. adabiy merosi keyingi dav- rlar qalam ahli, xususan, hajv-go’ylar ijodiga jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Muqimiy va Yaodgshlarning Hapalak qishlog’i haqidagi hajviyaga taxmis bog’laganliklari, M. yumoristik tahlil etgan qirchang’i ot mavzuida 19-a. oxirla- ri va 20-a. boshlarida ko’plab hajviy na- munalarning paydo bo’lishi xulosa uchun ishonchli dalildir. As: tanlangan asarlar, T., 1951; she’- rlar, T., 1959. Ad:. Qayumov A., Qo’qon adabiy muhiti, T., 1961. Abdurashid Abdug’afurov.