MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI

MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI, mexanizmlar nazari- yasi — mashina va mexanizmlar uchun umumiy bo’lgan xossalarni urganish va ularni loyihalashning umumiy usullari haqidagi fan. Mexanizmlar nazariyasi va mashinalar nazariyasi deb ataladigan qismlarga bo’linadi. Mexanizmlar naza – riyasi da mashina, asbob yoki apparatning barcha mexanizmlar (yoki mexanizmlar guruhi) uchun umumiy bo’lgan xossalar o’rgani- ladi. Mashinalar nazariyasi da — texnikaning turli sohalaridagi ma- shinalar uchun umumiy bo’lgan usullar o’rganiladi. Bu ikki qism bir-biri b-n chambarchas bog’liq, chunki istalgan ma- shinaning asosini mexanizmlar tashkil qiladi. M. va m. n.ning vazifalarini, asosan, uch bo’limga ajratish mumkin: mexanizm- lar sintezi, mashina va mexanizmlar dinamikasi, avtomatmashinalar naza- riyasi. Mexanizmlar sintezi ma’lum harakatning bajarilishini ta’minlay- digan sxemani tanlash va shu sxema para- metrlarini topish b-n shug’ullanadi. AV- tomatmashinalar nazariyasi da — ayrim mexanizmlarning bir-biriga monand ishlash sxemasini tuzish hamda mashina- larning optimal unumdorligi, anikligi va puxtaligiga erishish usullari ishlab chiqiladi. Mexanizmlar sintezi masala- larini hal qilish tartibini uch bosqichga keltirish mumkin. Birinchi bosqich — sintezning asosiy mezoni va shartlari- ni tanlash, ya’ni qo’yiladigan talablar- ni shakllantirish. Bunda texnologik va konstruktiv masalalar matematik masa- lalarga aylanadi. Ikkinchi b o s qich — sintezning asosiy mezoni qiymatini ifodalovchi funktsiyaning analitik ifo- dasini aniqlash. Asosiy mezon mexa- nizmning vazifasiga karab tanlanadi. Ba’zi mexanizmlar uchun uning analitik ifodasi juda murakkab. Uchinchi bosqich — cheklash shartlarini hisobga olgan holda asosiy mezonni optimallash shart- laridan foydalanib, mexanizmning do- imiy parametrlarini hisoblash. Bunda bir yoki bir necha tenglama va tengeizli- klar tizimini echishga to’g’ri keladi. AV- tomatmashinalar nazariyasida mantiqiy algebrani qo’llashga asoslangan usullar keng tarkaldi. Bu usullar boshqarish ti- zimlarining mantiqiy sintezi deb ata- ladi. Boshqarish tizimlarida elektr ele- mentlar b-n birga pnevmatik elementlar qo’llaniladi. Robotlarnn loyihalash usullarini ishlab chiqish avtomatma- shinalar nazariyasining eng so’nggi yutuqlaridan biri bo’ldi. M. va m. n. nisbiy harakatda bo’ladigan inshootlar mexanikasi b-n ham shug’ullanadi. Nazariy mexanika qonunlari mashina va mexanizmlarga bevosita tatbiq etilganligi uchun M. va m. n. qisqacha mashinalar mexanikasi deb ataladi. M. va m. n.da mexanizm kismlari (ZVE-nolari) mutlaq qattiq jism deb qaraladi. Mashina va mexanizmlar ki- nematikasini o’rganishda mexanizm tar- kibidagi etakchi zveno (mas, krivoship) ning aylanishlar soni o’zgarmas deb qabul qilinadi. M. va m. n.da uzunlik (S) o’lchov birligi sifatida metr, vaqt (t) o’lchov birligi sifatida sekund, kuch (G’) o’lchov birligi sifatida — Nyuton qabul qilinadi. Mac, tezlik (g>) ning o’lchov birligi: M. va m. n. qattiq va suyuq jismlar mexanikasi krnunlarini, Mate- matika hamda chizma geometriya fanlari- ni texnikadagi konkret masalalarni hal qilishga tatbiq etadi. Mashina va mexanizmlarni o’rganish b-n qadimdan shug’ullanib kelishgan. Mac, richag, pona, blok kabi mashina de- tallari Aristotel nomi b-n bog’liq. Arximed (q. Arximed Vin-ti), Geron asarlarida ham ular haqida ma’lumotlar uchraydi. Abu Ali ibn Sino “akl mezo- ni” asarida richaglar, bloklar, vintlar va ponalardan tashkil topgan mexanik tizimlarning ishlash prin-tsipini ba- tafeil bayon etgan, Abu Rayhon Beruniy, Axmad al-Farg’oniy asarlarida ham me- xanizmlarga oid ma’lumotlar bor (yana q. Mexanika).