Ma’naviyat

Ma’naviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, il- miy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur- larini o’z ichiga oladi. M. atamasining asosida “ma’no” so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning tashqi va ichki olami mav- jud. Tashqi olamiga uning bo’ybasti, ko’rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va b. kiradi. Ichki olami esa uning yashash- dan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-ista- klari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami M.dir. Oziq-ovqat odamga jis- Moniy quvvat bersa, M. unga ruhiy oziq va kudrat bag’ishlaydi. M. ma’rifat va madaniyat b-n bog’liq. M. odamlarda tap- tayyor hodda vujudga kelmaydi. Unga mut- tasil o’qish, o’rganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. M. qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shuncha- lik ravnaq topadi. M.li odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli o’tkazish yo’lini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolg’on va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomon- likka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amal- larni bajaradi. Qisqasi, M.da inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson M.ini belgilovchi asosiy omillardan biridir. M. kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, iste’dod egalari shu jamiyatning, mil- latning yuzi, g’ururi, obro’-e’tibori hisoblanadi. M.li jamiyatda aql, sog’lom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kun- ga ishonchi kuchli bo’ladi, odamga nomu- nosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllan- gan ildizlari, uning tarixiy tajriba- lari va ijtimoiymadaniy rivojlani- shisiz M.ni tasavvur qilish Qi-yin. “M. — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxtsaodat bo’lmaydi”, degan edi O’zR Prezidenti I. A. Karimov. Shu sababli O’zbekistonda M.ni yuksalti- rish, xalqni M.li qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ko’p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy mero- sini o’rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanish- ga keng yo’l ochildi. M.imiz “Avesto” va zardushtiylik ta’limotidan boshlab hoz. kungacha shakllanib, boyib, umumin- soniy qadriyatlar b-n yonma-yon rivojla- nib bormoqda. O’zbekistonda M. va ma’- rifatni ko’tarish, targ’ib qilish, boy- itish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tashkil etilgan. Re- spublika ta’lim tizimida “Ma’naviyat asoslari” fani o’qitiladi. M. sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti. Ad.: Karimov I. A., Istiqlol va ma’- naviyat, T., 1994; Karimov I. A., Ma’na- viy yuksalish yo’lida, T., 1998; ma’navi- yat va ma’rifat asoslari (tuzuvchilar: S. O. Ota-Murodov va b.,) T., 1998; Imomna- zarov M., Milliy ma’naviyatimiz naza- riyasiga chizgilar, T., 1998. Sultonmurod Olim.