Ma’naviy zarar

Ma’naviy zarar – fuqaroning sha’ni, qadrqimmatiga dog’tushirili- shi yoki ishbilarmonlik obro’siga Pu- tur etkazilishi. M. z. bo’yicha javob- garlik shartnomaga asoslanmagan, ya’ni huquqbuzarlik b-n bog’liq bo’lgan ja- vobgarlikdan iborat. Huquqbuzarlik so- dir etish natijasida jismoniy og’riq, azob-uqubat, ruhiy qiynoq va iztiro- blar shaxsga nisbatan etkazilgan M. z. hisoblanadi. M. z. shuningdek, yuridik shaxsga ham etkazilishi mumkin (mas, ishchanlik obro’sini erga uruvchi ma’lu- motlarni tarqatish orqali). Respublikada mehnat qonunchiligida ham xodimga etkazilgan M. z.ni qoplash nazarda tutilgan. Jumladan, g’ayriqo- nuniy ravishda ishdan bo’shatilgan xo- dim ishga tiklanganda ish beruvchi tomo- nidan qoplanadi. M. z. uchun to’lanadigan kompensasiyaning mikdori ish beruvchi- ning xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilana- Di, lekin bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam bo’lishi mumkin emas (MK ning 112moddasi). O’z mehnat vazifala- rini bajarish munosabati b-n mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chali- nishi yoki salomatlikning boshqa tarzda shikas-tlanishi tufayli etkazilgan M. z. ham undiriladi. M. z. pul shaklida yoki boshqa moddiy shaklda ish beruvchi va xodim o’rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda, xodim mehnat vazifalarini bajarishi b-n bog’liq holda vafot etgan taqtsirda esa, ish beruvchi va xodimning oila a’zolari o’rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda belgilangan miqsorda qoplanadi. M. z. to’lanishi lozimbo’lgan mulkiy zarardan qat’i nazar qoplanadi. M. z.ni qoplash qoidalari O’zbekiston Respublikasi FKning 1021— 1022moddalarida belgi- lab qo’yilgan (yana q. Zarar).