Mayin sho’rxok

Mayin sho’rxok, changsimon tuz, tuzli momiq — tuproqning ivigan (ko- agulyasiyalangan) zarrachalari va sho’rxok yuzidagi tuz kristallaridan iborat mas- sa. M.sh. usti 0,5—1,0 sm qalinlikdagi tuzli qobiq (qatqa- loq) b-n qoplangan. Asosan, gidro- morf sulfatli sho’rxoklar uchun xos. Grunt suvlar sathi yuza joylashgan erlarda yoz oylarida natriy sulfat (Na2SO410H2O) tuproq yuzasiga ja- dal to’plana boshlaydi, biroq suvda kam eruvchanligi tufayli qish (past harorat) da yog’in suvlari b-n xloridlarga nisba- tan sekin yuviladi. Shuning uchun ham bu tuzlar yil sayin tuproqning yuqori qavatlarida yig’ilib boradi. Quyosh nuri ta’sirida qurishi va yog’ingarchilik, hatto, shudring suvini shimishi natija- sida Na2so410h2oning Na2SO4-3H2O va Na2SO4 ga doimiy qayta kristallani- shi ko’pchilik jinslarning, ayniqsa, loy va mergellarning mayda changsimon zar- rachalarga parchalanishiga sabab bo’ladi. M.sh.dagi Na2SO4. ZN2O va Na2 SO4 ning mikdori tuproq hajmiga nisba- tan 20-60%, CaSO4 va SaSO3 esa 10— 25%ni tashkil qiladi. M.sh. uvalanuvchi bo’lgani uchun shamol ta’sirida oson buziladi va uzokdarga uchib atrofdagi tuprokdarning sho’rlanishiga ham sabab bo’ladi.