MAZLUMXON SULUV MAQBARASI

MAZLUMXON SULUV MAQBARASI — Koraqalpog’istonning Xo’jayli sh. yaqinidagi me’moriy yod- gorlik (13-14-a.lar). Mizdaxqon tepa- ligida joylashgan. Maqbara 5 xonadan iborat. Uning asosiy qismi er ostida joylashgan. Maqbara sahniga yarmigacha ko’milgan ravoq orqali zina^ti yo’lakdan tushiladi. Yo’lak ustki va ostki qismga ajratilgan. ularning o’rtasiga gumbaz- li chorsi xona — dahliz (2,25 x 2,30) qurilgan. Pastki yo’lakning o’ng tomo- nida yana bir gumbazli xona (2,92 x 3,00 m) joylashgan. Yulak zinalaridan kata xonaga (7,40 x 7,50 m) tushiladi. Xona ichi ravoqli taxmonlar hisobiga keng ko’rinadi. Sharqiy va shim. ravog’ida sag’analar joylashgan. Sag’analar 13— 14-a.larga xos quyma koshinlar b-n chi- royli va nafis bezatilgan. Bezaklar orasiga falsafiy mazmundagi forscha she’rlar bitilgan. Sag’analar ustida- gi xatlar to’la saqlanmaganligi sabab- li kimlardafn qilingani noma’lum. Rivoyatga ko’ra, bu erdagi sag’analardan biri Xorazm shohining Mazlumxon ismli go’zal (suluv) qiziniki bo’lgan deb taxmin qilinadi. Sag’ananing tomi 8 qirrali gumbaz b-n yopilgan. Gumbaz darchalari ganch panjarali. Panjara- larning dumaloq teshikchalariga xona ichini bir tekis yoritib turuvchi doyra shaklidagi qabariq shishalar joilash- tirilgan. Katta xonaning chap tomonida- gi ravoq orqali kichik xona (4,30 x 4,50 m)ga o’tiladi. Uning devorlari sirkor gisht va koshin b-n bezatilgan. Katta xona sahnidagi shohsupaning (bap. 4-5 sm) butun sathiga zan-gori va oq koshin- dan (sakkiz va uch-burchak shaklda) girih naqshlar ishlangan.