Mazdakiylik

Mazdakiylik – diniy-falsa- fiy ta’limot. Asoschisi Mazdak. Maz- dikiylar harakati davrida Eronda keng tarqalgan. M. ta’limotiga kura, olam- da bo’ladigan jarayonlar ongli va biror maqsadni ko’zlab harakat qiluvchi yax- shilik, yoruglik manbai b-n ko’r-ko’rona va tasodifiy harakatlanuvchi yomon- lik, qorongulik (johillik) manbai o’rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash “yaxshilik”ning “yomonlik” ustidan g’alabasi b-n tugallanadi. M.da birinchi urinla sof falsafiy va liniy masala- lar emas, ijtimoiy masalalar turadi. M.da asosiy yovuzlik boylikka hirs kuy- ish va kambagallik, deb ta’kidlanadi. Ijtimoiy zulmga qarshi kurash muqaddas vazifa sifatida talqin etiladi va unga diniy tus beriladi. M.ning asosiy g’oyasi mulkiy tenglikni o’rnatishdan iborat. Bu tenglik barcha moddiy boyli- klarga dehqonlar jamoasi orqali egalik qilish, ya’ni moddiy boyliklar odamlar- ga teng taqsimlanishi kerak deb tasavvur etiladi. Bu g’oya xalq ommasi ichida keng tarqalib, mazdakiylik harakatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan. Bu ta’limot garchi xayoliy bo’lishiga qaramay, uning adolatsizlik va zulmga qarshi qaratilgani, tinchlikka chaqirishi ijobiy ahamiyat kasb etdi. M. keyin- gi aerlar davomida Eron, O’rta Osiyo va Ozarbayjondagi leqqonlarning va shahar kambag’allarining (Abu Muslim, Muqanna, Bobak qo’zyuloni) kurash bayro- gi bo’lib qoldi.