Mazina Juletta

Mazina Juletta (1921.22.2, Bolonya shahri yaqinida — 1994) — italyan kinoaktrisasi. Eng yaxshi rollarini eri F. Fellini filmlari («yo’l», «Kabiri tunlari», «Juletta va atir», «Jinjer va Fred» va boshqalar)da o’ynadi va katta shuhrat qozondi. Uning ijodi lirik chekinishlar va groteskning kontrast bo’yoqlar bilan uyg’unlashuvi, nozik psixologik talqini va realistik ijro uslubi bilan ajralib turadi. Chet el filmlari («sun’iy ipak kiygan qiz», «Yons va Erdme», Germaniya va b.)la ham suratga tushgan. Keyingi yillar ko’p qismli televizion filmlar («Eleonora», «Kamilla» kabi)da o’ynagan.