Mazdakiylar harakati

Mazdakiylar harakati – Sosoniylar davlapptagi xalq harakati (5-asr 90-yillari — 6-asr 20-yillari). G’oyaviy rahbari — Mazdak. Mazdakisiik ta’sirida vujudga kelgan. Mazdakiylar harakati jamoa huquqlarini qayta tiklash, yer-suv va mol-mulkka barobar egalik qilish, hammaning teng huquqli bo’lishini ta’minlash uchun kurash shiori ostida boshlangan edi. Mazdakiylar harakatining boshlang’ich davrida sosoniylar podshosi Qubod I (488-531) bu harakatdan o’z manfaatlari maqsadlarida foydalanishga intilgan va mazdakiylar yordamida yirik yer egalari, zodagonlar va Zardusht kohinlari (mubodlar)ning mustaqilliklarini tugatmoqchi bo’lgan. Lekin Mazdakiylar harakati kuchayib ketishi, zodagonlar va kohinlarning mol-mulklarini tortib olinishi shohni cho’chitib qo’ygan. 528/ 529 yil Kubod I ning o’g’li Xusrav I Lnushirvon Mazdakiylar harakatini shafqatsiz bostirgan va Mazdakni qatl ettirgan.