Mazarini

Mazarini (ital. Mazarini, Frans. Mazarin) Julio (1602.14.7, Peshina — 1661.9.3) — Frantsiya davlat arbobi. M. Keraskoda (1631) tinchlik sulhini tu- zishda va Parijda Papa elchisi bo’lgan vaqtda (1634-36) Rishelenit e’tibori- ni tortgan va uning ishonchli kishisiga aylangan. 1640 y. M. frantsuz diplomatic xizmatiga o’tgan. 1641 y.dan — kardinal. 1643 y.da qirolicha Anna Avstriyskaya (M. b-n yashirin nikohsan o’tgan) tomo- nidan 1-vazir etib tayinlangan. M. og’ir vaziyatda frantsuz absolyutizmi (mutlaq hokimiyati)ni mustahkamlash siyosatini davom ettirgan; xalq qo’zg’olonlarini shafqatsizlarcha bostirgan; Fronda b-n bo’lgan kurashni boshqargan (1648). M. 1651-52 y.larda Frantsiyadan ketishga majbur bo’lgan. Fronda engilganidan keyin 1653 y.da qaytib kelgan va umri- ning oxirigacha hokimiyatni boshqargan. Tashqi siyosatda ko’p yutukdarga erish- gan [Vestfaliya sutshi, 1648); Angliya b-n tinchlik va savdo shart-nomalari (1655) hamda harbiy ittifoq, 1657; Pirenei sulhi, 1659 va b]. M.ning bu yutuKla- ri Frantsiyaning Evropadagi siyosiy obro’yini mustahkamlashda muhim o’rin tutgan.