Mazmun va shakl

Mazmun va shakl – falsafiy tu- shunchalar. Mazmun narsalarni aynan shu narsa sifatida ifodalovchi muhim ele- ment va o’zgarishlarning yig’indisidir. Shakl mazmunning mavjudlik usulini, ichki tuzilishini ifodalaydi. Ob’- ektiv olamda narsa va hodisalarga oid bo’lmagan sof mazmun ham. sof shakl ham yo’q. Muayyan mazmun hamisha muayyan shaklda ifodalanganidek, muayyan shai ham muayyan mazmunga egadir. Borliqaagi har bir narsa o’zining mazmuni va shakl birligi tufayli mavjud. Mazmun o’z mohiyatiga kura, shaklga nisbatan etakchi urin tutadi. Shakl esa, aksincha, mazmun- ni ifodalaydi. Shakl mazmunga mos ke- lishi lozim, mos kelmasa ular (aniqrog’i Zeki shakl b-n yangi mazmun) o’rtasida ziddiyat paydo bo’ladi, bu ziddiyat eski shaklni yangi mazmunga mos yangi shakl b-n almashish (yoki eski shaklni yangi mazmun- ga moslash) orqali hal qilinadi. San’at, adabiyotda M. va sh. badiiy asarning bir-birini taqozo etuvchi ikki tomoni bo’lib, bunda uning mazmuni muhim hisoblanadi. Badiiy asarning shakliy (uslub, janr, kompozisiya, badi- iy nutq, ritm), mazmuniy (mavzu, fabula, konflikt, xarakterlar va sharoit, badiiy g’oya, tendentsiya) yoki shakliy-mazmuniy (syujet) xarakterdagi ayrim tomonlari, unsurlari M. va sh.ning yagona, bir butun Real ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi. Adabiyotda M. va sh. tushunchalari 18-19-a. boshlaridagina bir-biridan farqlana boshladi. Lekin badiiy ada- biyotga xos M. va sh.ning o’ziga xos bir- ligi bu ikki tomonni bir-biridan ajratgan xrlda o’rganib bo’lmasligini ko’rsatadi. Chunki adabiy asarning maz- muni, mohiyati uning shakli orqaligina yuzaga chiqadi. Shuningdek, maz-mundan uzoqlashgan shakl nutqning oddiy fakti, tilshunoslik, statistika yoki mantiqob’ektiga aylanadi. Mazmunning shaklga (yoki aksincha) o’tish qollari fal- safada qam, adabiyot va san’atda ham ro’y beradi. Hoz. adabiyotda umumiy shakl bo’lib ko’ringan jiqatlar qachondir maz- Mun bo’lgan. Janrning o’ziga xos xususi- yatlarini belgilaydigan ko’pgina tomon- lar dastlab shakl holatida emas, balki mazmunga aloqador bo’lib ko’ringan. Ular bir necha asarda, bir necha yozuvchi ijodi- da takrorlanaverib, qat’iylashgandan keyingina shakliy hodisaga aylangan. Mas, novellalarga xos syujet, ixchamlik, lo’ndalik va b. dastlab janr belgilari sifatida emas, balki shakliy belgilar- dan kengroq, mazmundan ajralmaydigan xususiyatlar ko’rinishida namoyon bo’lgan. Bokkachchoning «Dekameron» asari yara – tilganidan keyingina novella janriy shakl sifatida tan olindi. Shakl maz- munga tobe bo’lgani holda, o’zi xam nis- batan mustaqillik xususiyatiga ega. Bu nisbiy mustaqillik, badiiy asarning shakli no-mukammal bo’lganda, ayniqsa, seziladi. Bunda asarning mazmuniga putur etadi, mazmun yorqinligi vata’- sirchanligini yo’qotadi. Chinakam san’at asarida M. va sh.ning birligi, yaxlitligi talab qilinali.