Majoz, allegoriya

Majoz, allegoriya —adabiybadi- iy usul yoki obrazlilik turi; mavhum tushuncha yoki mulohazani aniq bir ob- raz vositasida ifoda etish. M.da 2 tu- shuncha orasidagi yaqinlikka asoslanib, yangi shartli ifoda yaratiladi. Ma’naviy qadriyatlar (haqiqat, muhabbat, vijdon, imon kabi)ni anglatuvchi umumiy tushun- chalar b-n birga ma’lum tipik hodisalar, xarakterlar, mifologik personajlar, hatto aniq shaxslar ham M. o’rnida keli- shi mumkin. M.ning obrazli-predmetli va ma’-noli kabi ikki tomoni mavjud bo’lib, ma’noli tomon birlamchi, ob- razli-predmetlisi ikkilamchidir. Chun- ki obrazda hamisha oldindan ma’lum bo’lgan fikr qayd etiladi. Shu tufayli ma-joziy obraz, oddiy badiiy obrazdan farqli ravishda, maxsus sharhni talab qiladi. M. asarning badiiy-estetik qimmatini, ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladigan vositalardan. Sharq folklori va adabiyoti namunalarida M.ning turli shakllari ko’plab uchray- Di. Ayniqsa, Jaloliddin Rumiy, Fari- diddin Attor, Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil ijodida o’ta shartli majoziy va ramziy obrazlar mavjud bo’lib, ularning keng miqyosli mazmuni predmet obrazga sig’maydi. Ko’pma’nolilik va falsafiy teranlikka, umumbashariy g’oyalar va ma- salalarga boylik hamda badiiy yuksaklik ko’plab mashh-ur asarlarda ana shunday majoziy obrazlar vositasida erishil- gan. O’rta as-rlar adabiyoti va klassisizm san’atida majoziy shakllar adolat, ez- gulik va yovuzlik haqidagi g’oyalarni mi- fologik obrazlar vositasida ifodalash uchun, 19-a. rus adabiyotida esa tsenzurani nazarda tutib ham qo’llangan (mas, sal- tikov-Shchedrin ertaklari va b.). Mane- rizm, barokko, xususan, romantizm este- tikasida M. keng o’rin egallagan. Evropa adabiyoti va san’atiga qadimgi, didaktik xarakterdagi M. yot bo’lib, bu erda u, aso- san, voqealikni estetik idrok etishning majoziy obrazli shakli, ya’ni adabiyba- diiy usul sifatidagina foydalanilgan (P. Shelli, Gyote, G. Ibsen, A. Frans, S.- Shchedrin va b.). Badiiy adabiyotdagi ko’pchilik ma- joziy obrazlar folklordan, asosan, hayvonlar xaqidagi ertaklardan olingan (bo’ri—ochko’zlik, tulki—ayyorlik Tim- Soli kabi). M. turli janrlarda, ayniqsa, masal, ramz, rivoyat, hajv, parabola va b.da keng qo’llanadi. Shu b-n birga, u re- alistik yo’nalishdagi yozuvchilar (Push- kin, Gogol.Chingiz Aytmatov, Rasul Hamzatov va b.) ijodida ham uchraydi. O’zbek adabiyotidaHamza, G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, G’ayratiy, keyinchalik Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi kabilar ijodida M.ning turli namunalari mavjud. Tasviriy san’atda M. ba’zi mavhum ma’no va tushunchalarni aniq va tasav- vur eta oladigan qiyofa, shakllarda tas- virlashni anglatadi. Mas, adolatpar- varlik — qo’lida tarozu kutarib turgan kuzi bog’liq ayol; go’zallik va nafosat — ma’buda Afrodita qiyofasida namo- yon bo’ladi. M. tasviri uning nima ma’- no yoki tushunchaga qiyos etilayotganini tushuntiradigan unsurlar b-n ifoda- lanadi. Jumladan, san’at M. i bo’lgan Apollonning qo’lida Arfa tasvirlangan. M. Yunon va Rim, Italiya Uyg’onish san’- atida, shu san’at an’analarini davom ettirishda keng ishlatilgan. 19-20-a. lar realistik san’atida M. ijtimo- iysiyosiy ma’noga ega bo’ldi. 20-a.da M. mahobatli haykaltaroshlik va rangtas- VIRda, shunin-gdek, plakat va siyosiy hajviy (karikatura) asarlarida keng tarqaldi.