Maishiy xizmat

Maishiy xizmat, aholiga mai- shiy xizmat ko’rsatish — aholiga noish- lab chiqarish va i. ch. xizmati ko’rsatish sohasining bir qismi. M. x. kishilar- ning kasbiy va ijtimoiysiyosiy fao- liyatiga bogliq bulmaga n xolla moddiy xamda ma’naviy exti-yojlarni bevosita qondirish bo’yicha amalga oshiriladigan ijtimoiy-Taiјkiliy usullar va shakllar b-n tavsiflanadi. Hoz. sharoitlarda M. x. xalq xo’jaligining maxsus industrial moddiytexnika bazasi — sanoat korxo- nalari va k-tlariga zga bo’lgan aloqida tarmogi hisoblanadi. M. x. korxonala- ri tomonidan yakka tartibda shaxsiy is- te’mol buyumlarini tayyorlash, iste’mol qiymatini yo’qotgan, ro’zg’orda ishlati- laditan va shaxsiy foydalamishdagi bu- yurtmalarni tiklash, shaxsiy xizmatlar ko’rsatish va b. ishlar bajariladi. M. x.ga uy-joyni ta’mirlash, yakka buyur- tmalar bo’yicha mebellar tayyorlash va ularni ta’mirlash, kir yuvish, buyumlar va kiyim-kechaklarni kimyoviy tozalash va bo’yash. yakka tartibda poyabzal, kiyim- kechak, mo’ynali va trikotaj buyumlari tikish va ta’mirlash, avtomobillarga texnika xizmati ko’rsatish va ularni ta’- mirlash, ro’zgor texnikasi mashinalari va asboblari, radio va teleapparatura- larni, shuningdek, musiqa asboblari- ni ta’mirlash, qimmatbaho narsalarni lombardlarda saqlab berish bo’yicha xiz- matlar, fotoxizmatlar, Sartaroshlik, madaniymaishiy va sport buyumlarini ijaraga berish xizmatlari. xonadonlar- ni yigishtirish b-n bogliq xizmatlar, turli topshiriqdarni bajarish va b. b-n shug’ullanaligan korxonalar va tash- kilotlar faoliyati kiradi. Ijtimoiy taraqqiyot, texnika vositalarining rivo- Ji, shuningdek, xalq moddiy farovonli- gining ortishi b-n aholining moddiy va ma’naviy ehtiyojlari ham o’sib-ko’payib boradi. Bu holat M. x.ning ijtimoiy- tashkiliy usullari va shakllarining kengayishini taqozo etadi. M. x. korxo- nalari xizmat ko’rsatish sohalarining boshqa tarmoqlari (mas, savdo, umumiy ovqatlanish, bolalar muassasalari, tu- rar joy, kommunal xo’jaliklari va h. k) b-n birgalikda xonadon xo’jaligida ba- jariladigan ayrim ishlar va xizmatlar- ni asta-sekin ijtimoiy i. ch. va umumiy xizmat ko’rsatish shakllari b-n almashti- rib boradi. 20-a. boshlariga qadar O’zbekistonda aholiga maishiy xizmat ko’rsatishning uz an’analari va tarixiga ega bo’lgan tizimi shakllangan edi. Qishloushrda va shaxar maxallalarida sartaroshlar. chegachilar, chevarlar. shuningdek, kosib va hunarmandlar M. x. ko’rsatish vazifa- sini bajarganlar. Ustaxonalar va sarta- roshxonalar shahar va qishloq bozorlari x.ududida, mahalla guzarlarida joy- lashgan eli. 20-a.ning 20-y.dan boshlab davlat tomonidan M. x. soxasini rivoj- laitirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi. M. x. artellari tuzildi, yangi atele, ustaxona, maishiy xizmat uylari, korxonalar ochildi, M. x. industriyasi yaratildi. 1965 y.da respublikada Mai- shiy xizmat ko’rsatish vazirligi tashkil etildi. 1965-80 y.larda M. x. ko’rsatish korxonalari soni 8382 tadan 18031 ga etdi (shu jumladan, qishloqjoylarida 4403 tadan 11293 taga etdi). Maishiy xizmat uylari va ixtisoslashtirilgan korxonalar ishga tushirildi, faqat 1971 — 75 y.larda 20 ming yangi texnologik asbob-uskunalar o’rnatildi. 1990 y.ga ke- lib respublikada atele va ustaxonalar- ni xam qo’shib hisoblaganda 26,9 ming M. x. ko’rsatish korxonalari ishladi, aholi jon boshiga M. x. ko’rsatish xajmi 1965 y.ga nisbatan deyarli 10 marta ko’paydi. 90-y.dar boshilan tizimni bozor munosa- batlariga o’tkazish uchun M. x. korxonala- rini davlat tasarrufidan chiqarish bosh- lanli. 1992 i. apr.da respublika maishiy xizmat ko’rsatish vazirligi tugatildi va uning negizida ahrliga M. x. ko’rsatish korxonalari va tashkilotlari uyushmasi — «O’zmaishiyxizmatuyushma» tuzildi. 1992-95 y.larda M. x. tarmoqdariga qarashli 12587 korxona xususiylash- tirildi va aktsiyadorlik jamiyatlari, jamoa korxonalari, xususiy korxona- larga aylantirildi. 1994-95 y.larda shaxar va qishloklarning guzarlarida 474 savdomaishiy majmualar tashkil etildi. Barcha viloyat markazlarida, tu- manlar va shaqarlarda M. x. sohasidagi kichik, xususiy va o’rta biznesni mu- vofiklashtirish va qo’llab-quvvatlash uyushmalari tuzildi. Respublika Va- zirlar Mahkamasining 1997 y. 17sent. dagi qarori b-n M. x. ko’rsatish soxasi- ni boshkarishni davlat tasarrufidan chikarishni davom ettirish, M. x. korxo- nalari va mahalliy boshqaruv organlar- ning xo’jalik mustaqilligini oshirish maqsadida «O’zmaishiyxizmatu-yushma» tugatildi. Aholiga M. x. ko’rsatish ish- larini hududiy (viloyat) uyushmalari, M. x. ko’rsatuvchi tadbirkorlarning tuman (shaxar) uyushmalari boshqaradi. Ular aqoliga 800 dan ortiq xizmat turini ko’rsatadi. O’zRda aholiga M. x. ko’rsatish so- xasiga chet el investisiyasi ham jalb etilgan. Mamlakatda Turkiya, Koreya Re- spublikasi, Germaniya, Italiya, Frantsiya va b. davlatlardan kelgan in-vestorlar qamkorligida tashkil etilgan qushma korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. 2000 y.da O’zbekistonda aholiga ko’rsatilgan M. x. hajmi 47,5 mlrd. so’mni tashkil etdi, aholi jon boshiga 12340,2 so’mlik pulli xizmatlar ko’rsatildi. Elshod Isyuisv, Qodirjon Yusupov.