Mebel

Mebel (lot. mobilis — qo’zg’aladigan, osongina suriladigan), jihoz — xonalar, istirohat bog’lari, ko’chalar jihozining asosiy turi. Ma- ishiy (uy-ro’zg’orda ishlatiladigan), jamoat bi-nolari va joylari (bog’cha- yasli, maktab, o’quv yurtlari, idoralar, teatr, klub, kinoteatr, do’konlar, kafe va restoranlar, sanoat binolari va b.) da qo’llaniladigan xillarga bo’linadi. M. (kursi, xontaxta, javon, belanchak, beshik, stul, stol, shkaf, karavot, Di- van, sandiq, kuti, skameyka, parta va b.) insonning mehnati — mashg’uloti, dam olishini qulaylashtirish uchun xizmat qiladi. Yog’ochning qattiq turlari (eman, shamshod, yong’oq, nok, qayin, lipa, tol, terak, kizil daraxt, chinor, qayrag’och, olxa, shumtol, archa, qarag’ay, tilog’och va b.), metall va PLA-stmassadan ishla- nadi, novdalardan to’qiladi. Vazifasi, tuzilishi, materialiga qarab juda ko’p turlarga bo’linadi, har bir turning ham bir necha xili bo’ladi (mas, stolning ovqat tay-yorlash va ovqatlanishda ishla- tiladigan, yozuv stoli kabi xillari, ja- Vonning kitob terib qo’yiladigan, kor- xonada — asbob-uskunalar saqlanadigan xillari bor). Maishiy (uy-ro’zg’or) da ishlatiladigan M. yotoqxona, mehmonxona, oshxona va hovli M.lari kabi xillarga bo’linadi. Bir xonali uy- larga mo’ljallab ishlab chiqariladigan M.lar ham yotokxona, xam mehmonxona M.i vazifasini o’taydi (mas, divankara- vot, kreslokaravot). Ikki, ba’zan undan ortiq turi birlashtirilgan M.lar xam ishlab chikariladi. Tuzilishi va tex- nologik jihatlariga ko’ra, M. joyidan qo’zg’almaydigan va qo’zg’aladigan, yig’ma, devorga o’rnatiladigan va b. xillarga bo’linadi. M. xonani, bino ichini badi-iy bezash uchun xizmat qiladi, amaliy san’at sohasi ham hisoblanadi (M.larni bezashda rassomlik, haykaltaroshlik va naqshdan foydalaniladi). M. juda qadim davrlarda, inson o’troklasha boshlagan paytlardayoq paydo bo’lgan. Yangi ijtimoiy tuzumlar, mada- niyat, fan va texnika taraqqiyoti yangidan- yangi M. namunalarini vujudga keltirdi. Qadimdan Misr fir’avnlariga mansub ayrim M. namunalari bizning davrimiz- gacha saqlangan. Taxt, sandiklar yog’ochdan o’yma va bo’rtma naqsh va tasvir ishlab, jez, kumush, oltin va fil suyagi qoplab bezatilgan. Yunonistonda M., asosan, yog’ochdan ishlangan. Qad. Rimda M. tayyor- lashda yog’och b-n bir qatorda marmar, jez- dan ham foydalanilgan, daraxt novdasi- dan to’qima M. ham tayyorlangan. Stol- larning oyog’i yirtqich hayvonlarning oyoqlariga o’xshatib ishlangan. Bizgacha saqlangan Vizantiya M.i namunalari oltin, fil suyagi, qimmatbaho toshlar qoplab bezatilgan. Xitoy, Yaponiya, Eron kabi Osiyo mam- lakatlarida ham M.ni jozibador bez- atishga katta ahamiyat berilgan. Osiyo mamlakatlarida, jumladan, O’rta Osi- yoda uylarni jihozlashda gilam, shol, kigiz kabilarga katta e’tibor berilga- nidan M. unchalik raem bo’lmagan. Le- kin beshik, belanchak, chorkursi, sandiq, sandiqchalar, xontaxta, tancha (sandal), tokchaga ishlangan jovon, taxt kabi jihozlar asta-sekin raem bo’lgan. Sharq mamlakatlarida 7— 8-a.lardan boshlab yog’och va jez M.lardan madrasa, maejid, saroylarda keng foydalanilgan, ustiga kitob qo’yib o’qiladigan lavh, 8 qirrali stollar, kursilar qadama, o’yma va bo’yama na-qshlar b-n bezatilgan. O’rta Osiyo sa- roylarida taxt, kursi taxta (karavot) lar oltin, kumush, qimmatbaho toshlar b-n bezatilgan. Ular yong’oq, archa, tut terak,va b. daraxtlarning yog’ochidan tayyorlangan. Hozir milliy M.lar Evropa uslubidagi M.lar b-n uyg’unlashib ketdi. Evropada M. tarakdiyoti badiiy US- lublarning kuchli ta’siri ostida bo’ldi. 10-12-y.larda roman uslubi sodda, Le- kin vazmin, dag’al M.ni vujudga keltir- Di. Gotika (12-15-a.lar) M.ni nafis- lashtirdi, bezakda yog’och o’ymakorligidan foydalanildi. Uyg’onish davrit yog’och in- krustasiyaatshan ko’p foydalanildi, yangi M. turlari, mas, yozuv shkaflari, yumshoq kursilar (kreslolar) paydo bo’ldi. Barokko (17-18-a.lar) M. shakllari- ni murakkablashtirdi. M.da odatdagi serhasham bezakdan tashqari mozaika ham ishlatildi. 18-a. 2-choragidan ravnaq topgan rokoko uslubi o’zidan oldingi klassisizm oqimining monumental M. shakllarini engillashtirdi, usti yopib qo’yiladigan yozuv stollari, M. garnitu- ralari paydo bo’ldi. Ampir uslubi (19- a.) da M.larning oyoklari Sfinks, grif- fon, sher oyog’i, ustunlarga o’xshatib ish- landi, bezakning simmetrik bo’lishiga ahamiyat beriddi.- 19-a. 2-yarmidan M. kam bezakli qilib f-kalarda ishlab chiqarila boshladi, yog’ochni egib ishlana- digan arzon, xammabop Vena M.lari om- malashdi. 20-a. boshlaridan rasionalizm uslubi yangi materiallar (mas, metal quvurlar) dan foydalanish, M.larni yig’ma va qismlari ajratiladigan qilib tayyorlash usullarini maydonga keltir- Di. Idora, o’quv yurtlari, bank, xonadon- lar uchun maxsus M. xillari paydo bo’ldi. Hozir idoralarda, asosan, italyan uslu- bidagi M.lar raem bo’ldi (2003). Zamonaviy M. foydalanishga qulay, engil, sodda bo’lib, qimmatbaho yog’och te- jab ishlanadi, qismlarga ajraladigan qilib tayyorlanadi. Tashishga, ko’chirishga qulay (ayrim M.lar bir necha qismga AJ- ratiladigan qilib tay-yorlansa, ayrim M.larning qismlari alohida bo’lib, ustma-ust, yonma-yon qo’yiladigan qilib yasaladi). M. alo-hida-alohida komplekt qilib (mas, stol va stullar) tayyorlana- Di, M. to’plam (1, 2, 3, 4 xonali xonadon- larga mo’ljallab, bir uslub, bir xil ma- terial va bir xil rangda tayyorlanadigan komplekt), garnituralar (yotokxona, ka- binet, oshxona, mehmonxona kabi maxsus xonalarga mo’ljallangan, bir uslub, bir xil rang, bir xil materiallardan) ishlab chiqariladi. O’zbekistonda Evropa uslu- bidagi M.lar milliy uslubdagi M.lar b-n uyg’unlashib ketgan. Engil uslubdagi M.lar b-n birga klassik uslubdagi zal- vor M.lar yana raem bo’la boshladi (yana q. Mebel sanoati).