Meliorasiya

Meliorasiya (lot. melioraio — yaxshilash), qishloq xo’jaligi meliora- tsiyasi — erlarning unumdorligini tub- dan yaxshilashga qaratilgan tashkiliy- xo’jalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. M. tabiiy sharoitlar (tuproq, gidrologik, iqlimiy va b.) maj- muini kerakli yo’nalishda o’zgartirish; tuproqda ekinlarni etishtirish uchun qulay bo’lgan suvhavo, harorat va oziq rejimini, atmosferaning er yuzasiga yaqin qatlamida havoning harorati va harakatini o’zgartirish imkoniyatini be- radi. M. katta xalq xo’jaligi ahamiyatiga ega: yangi erlar o’zlashtirilib, ekin may- donlari kengayadi, erlarning unumdorli- gi, hosildorligi oshadi, mahsulot sifa- ti yaxshilanib, uning tannar-XI kamayadi. M. iqtisodiy-ijtimoiy masalalar b-n birga ekologik vazifani ham hal etadi. M. maqsadlariga ko’ra, 3 asosiy tur- kumga bo’linadi. Noqulay suv rejimi- ga ega bo’lgan erlar M.si (qurg’oqchil dehqonchilik r-nlarini sug’orish, ortiqcha zax bosgan erlarda zax qochirish, chorvachilik rivojlangan cho’l va yarim cho’l hududlardagi yaylovlarga suv chiqarish va h.k.); noqulay fizik va kimyoviy xos- Sali erlar M.si (sho’rxok, qumli, og’ir, berchlashgan, zichlashgan tuproqlar va b.); suv va shamol ta’sirida eroziya- ga uchragan erlar M.si noqulay tabiiy sharo-itlarga ta’sir ko’rsatish vosita- lari va usullari bo’yicha M. quyidagi turlarga bo’linadi: gidrotexnik M. (suv resurslarini sug’orish maqsadlarida kanallar, suv omborlari va b.) gidro- texnik inshootlar tarmoqlari orqali boshqarish; drenaj va sho’r yuvish yo’li b-n grunt suvlari sathini tartibga so- lish va tuproqdan o’simliklar uchun za- rarli tuzdarni chiqarib tashlash; te- rassalar, sel to’sgich inshootlar, suv tutgich tuproq ko’tarmalar, suv yig’gich kanallar va b. yordamida er usti oqar suvlar b-n tuproq yuvilishi va oqib ke- tishini bartaraf etish); agrotexnik M. (irrigasiya eroziyasiga yo’l qo’ymaslik maqsadida erni haydash va sug’orishda yo’nalishlarni o’zgartirib turish; sho’rlangan erlarni o’zlashtirishda ko’p yillik o’simliklardan ko’proq foyda- langan holda almashlab ekishni qo’llash; qumli tuproklarga sideratlar ekish; qumli tuproqlarni Gillash va b.); o’rmon xo’jaligi M.si (ihota o’rmonzorlari tashkil qilish va eroziyaga qarshi maxsus daraxtzorlar barpo etish singari tad- birlar b-n shamol va suv ta’sirida yuz beradigan tuproq eroziyasini bartaraf etish). M. usullari erni tubdan yoki kapi- tal yaxshilash ishlaridan iborat. Su- gorish tizimlari esa erlarga zarur miqdorda va kerakli muddatlarda suv berishni ta’minlovchi, uzok, muddat- ga mo’ljallangan inshootlardir. Kol- lektor-drenaj tarmog’i ortiqcha grunt suvlarini muntazam chikarib tashlash- ni ta’minlaydi. M.ning barcha turla- rini birgalikda qo’llash yaxshi samara beradi. Er maydonlari M.si, ayniqsa quruq iqlimli mintaqalarda, iqlimni o’zgartirishga ham olib keladi, sug’orish havoning erga yaqin qatlamida namlikni oshiradi (tuproq va o’simlik qoplamidan bug’langan namlik tufayli), natijada harorat pasayib, qurg’oqchilik ta’siri kamayadi. M. kup kapital mablag’talab qiladi, ammo u meliorasiyalanadigan erlar mahsuldorligining yil sayin oshib borishi hisobiga bir necha yil ichida o’zini qoplaydi. Mac, g’alla ekinla- ri sug’orilmaydigan maydonlardagiga nisbatan sug’oriladigan erlarda 4-5 marta ortiq hosil beradi, sugorma dehqonchilik hududlarida ayrim ekin- larni sug’ormasdan etishtirish amalda mumkin emas. M. tarixi. O’rta Osiyo hududida M. qadimiy davrlardan qo’llanila bosh- langan. Markaziy Osiyoda, xususan, O’zbekiston hududlarida olib boril- gan arxeologik tadqiqotlar natija- sida topilgan sug’orish tarmoqlari qoldiklari qadimiy Sug’diyona, shim. Baqtriya, Xorazm, Farg’ona, Marg’iyona kabi davlatlarda dehqonchilik mada- niyati yuqori bo’lganligini ko’rsatadi. Mil. AV. 6—5ming yilliklarda tog’ oldi hududlarda liman va qayir usu- lida dehqonchilik qilingan. Sug’orib dehqonchilik qilish mil. AV. 2-ming yillikda Surxondaryoda, Zaraf-shon, Farg’ona vodiylarida, Amudaryo Delta- sida yuzaga kelgan. Sirdaryo va Amudaryo etaklarida sug’orish asosida erlarni o’zlashtirish ishlari mil. AV. 8-7-a.lar- da olib borilgan. 20-a.ning 20-y.laridan O’rta Osiyoda M. tadbirlari keng miqyosda amalga oshi- rila boshlandi, ayniqsa, eski sug’orish tarmoqdarini tiklash va yangilarini qurishga katta e’tibor berildi. Grunt suvlari sathini tartibga so- lish, erlarni sho’rsizlantirish bo’yicha ham katta ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarda drenajning eng samarali tur- lari — yopiq gorizontal va vertikal Dre- najlar qo’llanildi. M. miqyosi, ayniqsa, O’zbekistonda katga bo’ldi: Mirzacho’lni o’zlashtirish misolida yalpi meliorativ qurilishning printsipial yangi texnologiyasi barpo qilindi, texnik jihatdan mukammal meliorativ tadbirlar ishlab chiqildi. Suv resurslarini sersuv manbalar- dan kam suv havzalarga o’tkazish kata miqyosda amalga oshirildi, mashinalash- gan sug’orish tobora rivojlandi. Umuman, O’zbekiston qudratli suv xo’jaligi majmuiga ega: sug’oriladigan dehqonchilik ko’lami 4,3 mln. ga; umu- miy suv sarfi 2500 m3/sek bo’lgan 75 ta yirik kanal, 32,4 ming km uzunlikda xo’jaliklararo va 176,4 ming km xo’jalik sug’orish tarmoqlari, 31 ming km xo’jaliklararo va 106,3 ming km xo’jalik kollektor-drenaj tarmoqlari mavjud. Xo’jaliklarda 12,8 mingtaga yaqin nasos st-yalari yordamida 1050 ming ga atrofi- da ekinzorlar sug’orilmoqda. 4800 dan ortiq vertikal drenajlar, 24,6 mingdan ortiq kuzatuv va 2000 ga yaqin sug’orish quduqlaridan foydalanilmoqda (2003 y.) (yana q. Sug’orish). Ad.: Kostyakov A. N., Osnovi melio- rasii, 6 izd., M., 1960; Irrigasiya Uzbe- kistana: t. 1-4, T., 1976-81; Axmedov X. A., Sug’orish meliorasiyasi, T., 1977; Muhammadjonov A., Quyi Zarafshon vo- diysining sug’orilish tarixi, T., 1972; Kamilov O. K., Meliorasiya zasolennix pochv Uzbekistana, T., 1985; Reshetov G. G., Meliorasiya novoosvaivaemix pochv uz- bekistana, T., 1986; meliorasiya zemel v Uzbekistane, T., 1986. Sobirjon Azim- Boev, Ziyomiddin Artukmetov.