Mendelizm

Mendelizm — organizmlar bel- gilarining irsiylanish qonunlari haqidagi ta’limot. Bu ta’limotning yaratilishida Mendel tadqiqotlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari (q. Mendel qonunlari) M.ning poydevori hisoblanadi. Mendel qonunlari 1865 y.da kashf etilgan bo’lib, uning zamon- doshlari bu kashfiyotga munosib baho bera olmagan. 1900 y.da nemis botanigi K. Korrens, Avstriya olimi E. Chermak va niderland botanigi X. De Frizlar har xil o’simlik turlari duragaylarida olib borgan tajribalari asosida bir- birlaridan mustaqil holda Mendel qonunlarini qayta kashf etishdi. Shu- ning uchun 1900 y. genetika fani tash- kil topgan, ya’ni M.ga asos solingan yil hisoblanadi. M. terminini 1905 yilda R. Pennet taklif etgan. Genetikaning rivojlanishi va M. nazariy asosla- rining yaratilishi Mendelning irsiy omillar (1906 y.dan boshlab u. Betson taklifiga binoan “genlar”) haqidagi g’oyasi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ir- siy omillar (genlar)ning Mendel kashf etgan xususiyatlari zamonaviy genetik tadqiqotlarida to’la-to’kis tasdiqlandi. M. ta’limotiga ko’ra, or- ganizm belgilarining irsiylanishini ta’min etuvchi irsiy omillar (genlar) moddiy asosga ega bo’lib, ular uchun diskretlik, stabillik (barqarorlik, turg’unlik) xususiyatlari xos; genlar turli — dominant va resessiv holatda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Gen allel- lari tana hujayralarida ikkitadan, ya’ni juft (diploid) holatda; jinsiy hujayralarda bittadan, ya’ni yakka (ga- ploid) holatda bo’ladi. Erkak va urg’ochi jinsiy hujayralar qo’shilishi tufayli vujudga keladigan yangi avlod, ya’ni zi- Gotada genlarning juftlik holati yana qayta tiklanadi. Genetikaning Mendel- dan keyingi davrida M. tez sur’atlar b-n rivojlandi, u yangi qonuniyatlar, da- lillar va g’oyalar b-n boyitildi. M.ning rivojlanishini ta’min etgan asosiy il- miy natijalar quyidagilardan iborat: 1) no’xat o’simligida Mendel tomonidan kashf etilgan umumbiologik irsiyla- nish qonunlari barcha organizm (o’simlik, hayvon, mikroorganizm)lar uchun xos ekanligi; 2) organizm belgilari irsiy- lanishining yangi qonunlari kashf eti- lishi, ya’ni irsiyat har doim faqat bitta gen b-n bog’liq bo’lib qolmasdan, ikki va undan ortiq noallel genlar (poligen- lar)ning o’zaro ta’siri tufayli amalga oshishi ham isbotlanganligi; poligen- larning komplementar, epistaz, poli- mer hamda bir genning ko’p tomonlama (pleyotropiya) ta’sirida belgilarning irsiylanish qonunlari ochilganligi; 3) tsitoge-netikada xromosomalar soni va faoliyatini o’rganish natijasida olin- gan dalillar Mendel qonunlarining tsitologik asosi bo’lib xizmat qilishi; organizm belgilarining irsiylanishi- da Mendel tomonidan aniqlangan al- Lel va noallel genlar faoliyati b-n bir qatorda tsitogenetikada aniqlangan gomologik va nogomologik xromosoma- lar faoliyatida uyg’unlik (o’xshashlik) borligi; 4) Mendelning irsiy omil (gen) haqidagi g’oyasi, uning asosiy xusu- siyatlari haqidagi ta’limotning gene- tik, tsitogenetik va molekulyar genetic tadqiqotlar tufayli to’ldirilganligi va rivojlanganligi; oqibatda irsiyatning moddiy asoslari hisoblangan genlar struk-turasi va funktsiyasi to’g’risidagi yangi qonuniyatlar aniqlanganligi. M. Ch. Darvin asos solgan evolyusion ta’- limotning genetik asoslarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. Jo’ra Musaev.