Memorial inshootlar

Memorial inshootlar (lot. memorialis — xotira) — atoqli arbo- blar, halok bo’lgan qaxramonlar va mu- him tarixiy voqealar sharafiga bar-po etilgan badiiy majmua; tasviriy san’at asarlari (haykal, maqbara, qabr toshi, sag’ana, ehrom, zafar arki va b.). Muayyan bir ansamblni tashkil qiluvchi me’mo- riy yoki me’moriyhaykaltaroshlik asari ham M. i. sirasiga kiradi. M.i.ning eng kad. namunalari Misr ehromlaridir (q. Giza, dayr ul-Bahr). Mil. AV. 4-a.da Gali- karnasda shoh Mavsol kabri bunyod etil- Di va u maqbara shaklidagi M.i.ning yara- tilishiga asos buldi. Qad. Rimda harbiy yurishlardagi g’alabalar sharafiga zafar arki, ustunlar qatori o’rnatilgan. Qad. Xitoyda barpo etilgan memorial darvo- zalar, qabr ansambllari, Hindistondagi Tojmahal, O’rta Osiyodagi Somoniy- lar maqbarasi, Amir Temur maqbarasi, Pahlavon Mahmud makbarasi, Yassaviy majmuasi, Shohizinda ansam-bliaati me’moriy yodgorliklar xalq M.i.ning noyob durdonalari hisoblanadi. Evropada 18-19-a.larda an’anaviy portret haykallar o’rnida ko’proq ta- biat b-n uyg’unlashgan, atrofi bog’-Park b-n o’ralgan yovvoyi tabiat yoki manza- rali bog’lar orasidagi M.i. [frantsuz utopik loyihalari (E. L. Bulle), nemis (F. Jilli) me’morlarining ko’pgina maqbaralari] o’zaro urushlarda, janglar- da halok bo’lgan xalq qahramonlariga atab barpo etilgan (1812 y. Vatan urushi g’alabasi sharafiga qurilgan yodgorlik, 1815, me’mori A. L. Vit-Berg va b.). 19-a. davomida M.i. qurilmasi va tasavvuri- da ampir o’rni eklektika va soxta uslu- blar b-n almashtirildi, uning hisobiga yuzaki dabdabali, soxtatantanavorlik ko’rinishiga ega bo’lgan M.i. qurildi (Rimdagi Viktor Emmanuil II, 1885— 1911, me’mori J. Sakkoni va b.). 20-a. 10— 30 y.laridagi ko’pgina M.i. 1jahon urushi (1914-18 y.lar) qurbonlariga bag’ishlangan. Ular “Modern” an’ana- lari va milliy romantizm oqimi b-n bog’liqligi, inson tanasi mavzuini ishtiyoq b-n majoziy tasvirlanganligi b-n ajralib turadi (“Jahon iztirobla- ri”, 1915, haykaltarosh I. D. Shadr; Ri- gadagi birodarlik qabristoni ansambli, 1924-36, haykaltarosh K. Zale, me’mori A. Birzeniek va b.). Bu davr me’moriy binolari va muzeylarida neoklassisizm ruhi ustunlik qiladi (A. Linkoln me- moriali, 1914-22, me’mori g. Beken; T. Jefferson memoriali, 1939-41, me’mori J. R. Poup va b., ikkovi ham Vashingtonda). Ayniqsa, ko’p qirrali M. i. qurilishi 2ja-hon urushidan key-in boshlandi, qurilishlar ko’pincha umum- davlat ishi ruhida qabul qilindi. FA- shizm terrori qurbonlari va urushda halok bo’lganlarga, shuningdek, turli milliy tarixiy voqealarga bag’ishlangan murakkab me’moriy majmualar, ba’- zan g’amginqayg’uli, ba’zan esa yuqori jo’shqin kayfiyatdagi shakllarda yara- tildi (Florentsiya yaqinidagi qabriston, 1959; me’mori F. MAK-Kim, U. Mid va S. Uayt, haykaltarosh E. Vo; Rim yaqinidagi Via Appia majmuasi, 1951; me’mo- ri J. April va b., haykaltaroshlari F. Kochcha, Mirko; Mostordagi halok bo’lgan xaloskorharbiylar memoriali, 1960-65, me’mori B. Bogdanovich; Ger- maniyadagi fashistik konslager o’rnida barpo etilgan M.i.: Bu-xenvaldda, 1958, haykaltarosh F. Kre-mer, V. Grsimek va b. Bu inshootlar nafaqat halok bo’lganlar iztirobini eslatadi, balki fojiali voqealarga hamdardlikni, tarixga ongli munosabatda yondoshishni, insonlarni e’zozlashni tarbiyalaydi. Yangi bosqichdagi tarixiy yodgorli- klarning asosiy ahamiyatini muzeydagi ekspozisiyaning o’zi egallamay (garchi u majmuaga kirmasa ham), balki me’moriy jihatdan nafis, ifodali, yaxlit orga- nik, tabiiy relefiga tektonik bog’liq, shahar atrofidagi ob’ektiv qonunlarga asoslangan M.i. egalladi. M.i. insonni Vatan-parvarlik ruhida tarbiyalashda, yorqin emosional shaklda xalq tarixining mu-him bosqichlarini eslatishda muhim rol o’ynaydi. Za- monaviy ustalar yirik ansambllarda epik qissalardagi qahramonlarning mahobatli haykallarini yaratishga in- tiladilar. Unda etakchi rolni ta’sirchan ramziy-umumlashma obrazlar egallaydi. O’zbekistonda 1941-45 y.larda halok bo’lgan jangchilar xotirasi- ga bag’ishlangan M.i.lar, Toshkentda- gi harbiylar qabristoni yodgorligi me’morlikhaykaltaroshlik ansamb- li (1978-86; haykaltarosh V. Lunev, A. Rahmatullaev, L. Ryabtsev; me’mor- lar L. Adamov, Ya. Afanasev) urushda jarohatlanib va-FOT etgan va shu erda dafn etilgan jangchilar xotirasi- ga bag’ishlangan. Nukus (1970), Chirchiq (1972), Guliston va b. shaharlarda ham ko’pgina shunday M.i. barpo etilgan. “Jasorat” memorial majmua- si (1970) Toshkent zilzilasi (1966) oqibatlarini tugatishga bag’ishlangan yaxlit badiiy me’moriy asardir (1970; haykaltarosh D. B. Ryabichev, me’mori S. R. Odilov). O’zbekiston mustaqillikka erish- gandan so’ng prezident I. A. Karimov ta-shabbusi b-n buyuk ajdodlarimiz — Alisher Navoiy, Amir Temur, Mir- zo Ulug’bek, Mirzo Bobur, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Ahmad al-Farg’oniy, Termiziy, Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy va b.ning nomlari abadiylashtirilib, me’moriy majmualar va yodgorliklar barpo etildi. A. Navoiy (1991), Ahmad al-Fargoniy (1998), “Xotira maydoni” (1998), “Shahidlar xotirasi” (1999), Buxoriy yodgorlik majmuasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va b. qurilishida yog’och, ganch o’ymakorligi va amaliy bezak san’a- tining o’ziga xos milliy boy merosidan keng foydalanildi.