Mendel qonunlari

Mendel qonunlari – irsiy belgilarning avlodlarda taqsimlanishi to’g’risidagi g. Mendel yaratgan qonuniyatlar. M.q. Mendelning o’zi yaratgan duragay avlodlarini genetic taxlil qilish metodini qo’llash orqali olib borilgan ko’p yillik (1856— 63) tadqiqotlar tufayli asoslab beriddi. Mendel o’z-o’zidan changlanuvchi no’xat o’simligining o’rganilayotgan belgi bo’yicha irsiy toza, ya’ni genotipi go- mozigotali hamda fenotipiga ko’ra ke- skin farq qiluvchi (guli qizil-oq, doni sariq-yashil va silliq-burishgan) na- vlarini o’zaro chatishtirgan. Olingan duragay avlodlarda ota-ona o’simligi belgilarining irsiylanishi va yana AJ- ralib xilma-xillik namoyon qilishini o’rgangan. Olingan natijalarni sta- tistik taxlil qilish asosida irsiyat qonunlarini ochib bergan. Mendel or- ganizmlarda ular belgilarining irsiy- lanishini ta’min etuvchi maxsus irsiy omillar (genlar) mavjudligi haqidagi g’oyani ilgari surdi. Uningcha, har bir irsiy omil somatik hujayralarda juft, jinsiy hujayralarda yakka holatda bo’ladi. Har qaysi irsiy omil dominant yoki resessiv allel holatda bo’lishi mumkin. Irsiy omillar ota-ona belgila- rining irsiylanishi va rivojlanishini ta’min etadi. M. q. Mendel kashf etgan uchta qonunni o’z ichiga oladi. Birinchi qonun birinchi avlod dura- gaylarining o’rganilayotgan belgi bo’yicha bir xilligi qonuni yoki dominantlik qonuni deb ataladi. Mendel tajribada qizil gulli (genotipi AA) va oq gulli (genotipi AA) bo’lgan gomozigotali no’xat navlarini chatishtirib, birinchi avlod (G’,) duragaylarning hammasi bir xil, ya’ni qizil gulli bo’lganligini kuzatdi. Bu holda no’xat guli qizil fenotiplar- ning hammasi bir xil — AA (geterozigo- ta) Ge-notipga ega bo’lgan. Qizil rangni belgilovchi gennit oq rang geni ustidan dominantlik qilishi tufayli bu ikki allel geterozigot (AA) holatida faqat dominant allel fenotipida namoyon bo’ladi. Ikkinchi qonun ota-ona belgilari- ning ikkinchi avlod (G’2) duragaylarida belgilarning ajralishi, ya’ni ajralish qonuni deyiladi. Mendel no’xatning yuqorida ko’rsatilgan kizil gulli G’, duragaylarini o’zaro chatishtirilga- nida olingan duragaylarida gul rangi bo’yicha ajralish sodir bo’lishi tufay- li olingan o’simliklarning 3/4 qismi qizil gulli, 1/4 qismi esa oq gulli, ya’ni ularning mikdoriy nisbati 3:1 ga teng ekanligi aniqladi. G’2 da olin- gan kizil va oq gulli o’simliklar o’z- o’ziga chatishtirilganida esa oq gulli o’simliklarning barchasidan faqat oq gulli o’simliklar olingan. Qizil gul- li o’simliklarning 1/3 qismidan faqat qizil gulli, 2/3 qismidan esa qizil va oq gulli o’simliklar yana 3:1 nisbatda olin- gan. Bu holatda naslida ajralish ro’y bermagan resessiv alleli oq gulli va ki- zil gulli o’simliklar gul rangi bo’yicha gomozigotali (oq — AA, qizil — AA), naslida ajralish sodir bo’lgan, qizil gulli o’simliklar esa gul rangi bo’yicha geterozigotali, ya’ni AA bo’lishini ko’rsatadi. Shunday qilib, Mendelning ikkinchi qonuniga binoan, resessiv va dominant gomozigotali genotipga ega bo’lgan organizmlar o’z-o’ziga chatishti- rilganda ular naslida mazkur belgilar bo’yicha ajralish yuz bermaydi. Dominant geterozigot genotipli organizmlarda esa ajralish 3:1 nisbatda sodir bo’ladi; ular genotip bo’yicha 1AA:2Aa:1aa nis- batdagi guruhlarga ajraladi. Mendel- ning birinchi va ikkinchi qonunlarini bir juft belgilari bo’yicha bir-biridan farq qiladigan organizmlarga nisbatan tatbiq qilish mumkin. Uchinchi qonun belgilarning mustaqil irsiylanish qonuni deyiladi. Bu qonun ikki va undan ortiq juft bel- gilari bo’yicha bir-biridan keskin farq qiladigan no’xat navlarini chatishtirib olingan duragaylar naslini genetic tahdil qilish natijasida kashf etilgan. Diduragay chatishtirish uchun Mendel rangi va shakli, ya’ni ikki xil belgisi bo’yicha keskin farq qiladigan no’xat na- vlarini tanlab oldi. Sariq va silliq urug’li no’xat b-n yashil va burishgan urug- li no’xat navlarini o’zaro chatishtirib, duragaylarning birinchi avlodi (G’,) da faqat sariq silliq urug’li no’xatlar oladi. Bu no’xat urug’ining sariq rangi (AA) va silliq shakli (VV) dominant, yashil rangi (AA) va burishgan shakli (vv) resessiv bo’lishi G’, duragaylarida har ikkala juft belgilar genlari geterozi- got (aavv) holatga o’tishi tufayli faqat dominant belgilar fenotipda namoyon bo’lishi b-n bog’liq, G’, duragaylari bir- biri b-n chatishtirilganda G’2 da fenoti- plar bo’yicha 4 xil urug’li: sariq silliq (barcha o’simliklarning 16 dan 9 qismi), sariq burishgan (16 dan 3 qismi), yashil silliq (16 dan 3 qismi) va yashil burish- gan (16 dan 1 qismi) urug’li o’simliklar olingan. F2 duragaylari har ikki juft bel- gilar bo’yicha alohida taxlil qilinsa, u holda sariq va yashil hamda sariq va burishgan urug’li o’simliklar bir xil, ya’ni 3:1 nisbatda hosil bo’lishi aniqlangan. Shunday qilib, 2 juft bel- gi bo’yicha bir-biridan farq qiladigan diduragay chatishtirishda 2-avlodda har bir juft belgi boshqasidan mustaqil holda irsiylanadi. Shuning uchun ham F2 da ajralish har bir juft belgi bo’yicha 3:1 nisbatda sodir bo’ladi. Har xil juft belgilarning irsiylanishini ta’min etuvchi genlar noallel genlar deb nom- langan. Genetik va tsitogenetik tadqiqotlarning rivojlanishi natija- sida M.q.ning umumbiologik qonunlar ekanligi isbotlandi; irsiyat va irsiyla- nishning yangi qonunlari kashf etildi; genetikada Mendelning nomi b-n atala- digan ta’limot — mendelizm shakllan- Di. Jo’ra Musaev.