Menejer

Menejer (ing. manager — boshqaruvchi) — 1) korxona va kom- paniya egalari bo’lmagan, maxsus tay- yorgarlik ko’rgan, boshqarishning qonunqoidalarini chuqur biluvchi mala- kali mutaxassis — yollanma boshqaruvchi; 2) rivojlangan mamlakatlarda kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasala- rining ijroiya hokimiyatga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy boshqaruvchi kabi rahbar xo- dimi; 3) obligasiya zayomlari chiqarish (emissiya) va uni kapital bozorida o’tkazish b-n shug’ullanuvchi bank sindi- katlari rahbar guruxdari ishtirokchisi. M. rivojlangan mamlakatlarda maxsus ijtimoiy qatlamni tashkil qiladi. Bo- zor iqtisodiyoti tsharoitlarida M. xiz- mati i.ch.da va tovarlar muomalasini uyushtirishda zarur omil bo’lib qoladi.