Mehnat qobiliyati

Mehnat qobiliyati – xo- Dimning soglig’idagi holatidan kelib chiqadigan mehnat faoliyatiga bo’lgan qobili-yati. Xodim bajarishi mumkin bo’lgan ishlarning xususiyatiga qarab M.q. quy-idagicha farqlanadi: umumiy M.q., ya’ni odatdagi sharoitlarda muayyan ishni bajarish qobiliyati; kasbga doyr M.Q., ya’ni muayyan kasb (ixtisos) bo’yicha ishni bajarish qobiliyati; maxsus M.Q;, ya’ni muayyan i.ch. va og’ir noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida (er osti ishlari- da, noqulay mehnat sharoitidagi ishlar, mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlar va b.) ishni bajarish krbiliyati. Ish ko’lamiga qarab to’liq M.q. va cheklan- gan M.q. mavjud. 16 yoshga etgan har bir fuqaro M.q.ga ega deb hisoblanadi va uni ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi (O’zR mehnat kodeksining 77modda- si). Ishga qabul qilishda istis-no tariqasida 15 yoshga to’lgan o’smirlar ham M.q.ga ega deb e’tirof etiladi. Qonunga binoan, 14 va 15 yoshga to’lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi b-n ishga qabul qilinishi mumkin. Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’- lim maktablari va o’rta maxsus, kasb- hunar o’quv yurtlarining 14 yoshga to’lgan o’quvchilarini ota-onalaridan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning ro- ziligi b-n bolalar sog’lig’iga va kamol topishiga ziyon etkazmaydigan va ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ish- larni o’qishdan bo’sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi. Qonunchilikda ayrim hollarda ishga qabul qilishda va mehnat jarayonida ol- dindan maxsus va kasbiga doir M.q.ni aniqlash nazarda tutilgan. Bunday tek- shirish topshiriladigan ishga xodim- ning yaroqdiligini aniqlash va kasb kasalligining oldini olish, shaxsiy va ijtimoiy mehnat xavfsizligi, aholi sog’lig’ini muhofaza qilish maqsadida o’tkaziladi. Mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish da- vomida) vaqt-vaqti b-n quyidagi xodim- larni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tashkil qilinadi: 18 yoshga to’lmaganlar; 60 yoshga to’lgan erkaklar, 54 yoshga to’lgan ayollar; nogironlar; mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek, transport harakati b-n bog’lik ishla- rida band bo’lganlar; oziq-ovqat sano- atida, savdo va bevosita aholiga xiz- mat ko’rsatish b-n bog’liq bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo’lganlar; umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va b. muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish b-n mashg’ul bo’lgan pedagog va xodimlari. Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganda dastlabki tarzda va vaqt-vaqti b-n tibbiy ko’rikdan o’tilishi lozim bo’lgan boshqa ishlarning ro’yxati va ularni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirli- gi tomonidan belgilanadi. Bir qator ishlarni bajarishga FA- TSAT tegishli kasb tayyorgarligi yoki maxsus ma’lumoti, guvohnomasi (mas, shifokorlar, farmasevtlar, uchuvchilar, avtotransport haydovchilari), ayrim hollarda kasbi bo’yicha mehnat staji va ruxsatnomasi — lisenziyaga ega bo’lgan (mas, notariuslar, yuris-konsultlar va b.) shaxslarga ishlashga ruxsat beriladi. M.q.ning turg’unligi unchalik yuqori da- rajada buzilmaganda to’liqsiz M.q – tib- biy maslahat komissiyasi yoki M.q. juda pasayib, kam malakali yoki o’z kasbida mehnat sharoitini ancha o’zgartirish, i.ch. faoliyati ko’lamini pasaytirishga olib keladigan boshqa ishga o’tkazish za- rurati tug’ilganda M.q. maxsus tibbiy maslahat komissiyaning tasdig’i b-n bel- gilanadi (yana q. Nogironlik, Mehnatga qobiliyatsizlik, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik). Anvar Inoyatov.