Mehnat staji

Mehnat staji — xodimning belgilangan tartibda hisoblanadigan mehnat faoliyati davri. U ish vaktini ham, dam olish vaqgini ham o’z ichiga ola- Di. M.s. — biror ijtimoiy shaklda haq to’lanadigan va b. shakldagi mehnat FA- oliyatidir. O’zRda ijtimoiy ta’minot huquqiga ko’ra, M.s. — fuqarolarning ijtimoiy i.ch.dagi, shuningdek, qonunga asosan boshqa sohalardagi ijtimoiy foydali faoliyati bo’lib, huquq nor- malariga asosan bu faoliyatdan muay- Yan yuridik oqibatlar (pensiya b-n ta’- minlanish, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar olish huquqi va b.) kelib chiqadi. Dehqon xo’jaliklari a’- zolarining o’z xo’jaliklarida ishlagan vaqtlari, tadbirkorlik faoliyati b-n shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning ishlagan vaqtlari ham M.s.ga kiradi. Harbiy va b. maxsus davlat xizmatlari davrlari, shuningdek, ayrim soqalarida ishlagan davrlar qonunchilikda uzoq yillik xizmat deyiladi, lekin ayrim normativ xuquqiy hujjatlarda bu FA- oliyat ham M.s. deb yuritiladi. M.s. pensiya miqdorini belgilash (mas, pen- siyalar, ustamalar belgilash, to’liqsiz M.s. b-n pensiya tayinlash, uzoq yillik xizmat uchun pensiya tayinlash) paytida muhim ahamiyatga egadir. M.s.ning muhim turidan biri — maxsus M.s. hisoblanadi. Maxsus M.s. -muayyan sharoitlarda, O’zbekiston Res- publikasining ma’lum hududlarida yoki muayyan kasb, lavozimlarda ishlagan vaqt bo’lib, u xodimga bir qator imtiyozlar berilishi yoki xodimning ta’minotning ba’zi turlari b-n ta’minlanishini na- zarda tutadi. Maxsus M.s. asosida imti- yozli pensiya olish huquqini beradigan i.ch.lar, muassasalar, ishlar, kasblar, la- vozimlar va ko’rsatkichlarning ro’yxati O’zR Vazirlar Mahkamasining 1994 y. 12 maydagi 250sonli qarori b-n tasdiklan- gan. M.s. borasida uzoq yillik xizmat tushunchasi ham mavjud. Bunday staj umumiy mehnat stajining alohida ko’rinishidir. Uzoq yillik xizmat bir qancha yillar b-n o’lchanadigan uzoq mud- datli mehnat, jamoat yoki davlat faoli- yati bo’lib, muayyan sharoitda tegishli imtiyoz va afzalliklar olish huquqini beradi. Mas, ayrim toifa xodimlarga muayyan ixtisoslar bo’yicha uzoq yillik xizmat uchun pensiya xodimning mehnat qobiliyati va, odatda, yoshidan qat’i na- zar tayinlanadi. Umumiy M.s.ga taalluqli asosiy masalalar O’zRning “fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonuni (1993 y. 3 sent.), O’zR vazir – lar Mahkamasining “yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati b-n shug’ullaiuvchi jismonyi shaxslar va dehqon xo’jaliklari a’zolarini davlat tomonidan sug’urtalash to’g’risida”gi 351sonli qarori (2001 y. 24 avg.) b-n tasdiqlangan. O’zR Vazirlar Mahkamasining 1994 y. 11 maydagi 249sonli qaroriga muvofiq, pensiya tayinlash uchun M.siga oid tar- tib to’g’risidagi Nizom tasdiqlangan. M.s. mazkur Nizomga asosan tayinla- nadi va tasdiqlanadi. M.s. ish, xiz- mat, o’qish joyidan yoki M.s.ga qo’shib hisoblanadigan boshqa faoli-yat amalga oshirilgan joydan yoxud arxiv muassa- salari tomonidan berilgan hujjatlar asosida belgilanadi. Ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan xodimlar- ning M.s. byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi organlari beradigan ma’- lumotnomalar asosida belgilanadi. M.s.ni tasdiqlovchi hujjatlar bo’lmasa (ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan xodimlar bundan mustas-no), ish dav- ri guvoxlarning ko’rsatmasi asosida belgilanadi. Mehnat daftarchasi, shu- ningdek, byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi organlari bergan sug’urta badallari to’langanligini tasdiqlovchi ma’lumotlar M.s.ni tasdiqlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadi. O’zR mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002 y. 1 apr.dagi 21sonli buyrug’i b-n tasdiklan- gan Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun M.s.ni belgilash va hisoblash tar- tibi bayon qilingan. Anvar Inoyatov.