Mehnat taqsimoti

Mehnat taqsimoti – mehnat turlarining bir-biridan ajralib mustaqil ahamiyat kasb etishi; mehnat turlarining ixtisoslashuvi. M.t. yuz berganda bir mehnat turi- dan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinchi- si va h.k. ajralib chiqadi va shu jara- yon uzluksiz davom etaveradi. Har bir mehnat turi mustaqil vazifani boshqa mehnat turlari b-n bog’lanib, i.ch. da qatnashgan holda bajaradi. M.t. mehnat turlarini ko’paytirib, ularni ayrim kishilarga kasb sifatida birkitib qo’yadi. 21-a. boshlarvda M.t. tufayli dunyoda 30 ming xil kasb mavjud bo’ldi. M.t. mehnat unumdorligini oshiradi. Jamiyat taraqqiyotida M.t. 3 yo’nalishda boradi: umumiy M.t. — yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, Yi- rik sohalarni tashkil etishi. Bunda mehnatning moddiy va nomoddiy, agrar, industrial va servis sohasidagi turla- ri paydo bo’ladi; X u susiy M.t. — yirik sohalar ichidagi M.t. — muayyan sohadagi mehnat ixtisoslashadi, mehnat turlari ko’payadi. Agrar mehnat dehqonchilik, chor- vachilik, bog’dorchilik mehnati turlariga ajraladi. Sanoatdagi mehnat undirma va ishlama, og’ir va engil sanoatdagi mehnat turlariga ajraladi. Qisman M.t. — kor- xona doirasida bo’ladigan mehnat tur- larining ixtisoslashuvi. Bunda mehnat mahsulot yaratish uchun kerak bo’lgan ayrim qismlarni i.ch. bo’yicha ixtisos- lashgan turlarga ajraladi. Milliy iqtisodiyotda hududlar yoki mintaqalar bo’yicha mehnat ixtisoslashadi. Xal qaro M.t. — mehnatning mamlakatlar o’rtasida ma’lum nisbatda va iqtisodiy nafni ko’zlagan holda taqsimlanishidir. Bu mehnat turining bir-biridan ajra- lishi emas, balki mavjud mehnat turla- rining ayrim mamlakatlarga ularning ustuvor faoliyati sifatida birkitili – shini yuzaga keltiradi. Xalqaro M.t. ishlab chiqarishning baynalmilal miqyosda ixtisoslashuvi- ni bildiradi, davlatlararo iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi, xalqaro savdoni yuzaga keltiradi. Ahmadjon O’lmasov.