Mehnat resurslari

Mehnat resurslari – mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarki- biy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar, 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar M.r.ga kiritiladi. Kishilar yoshining ulg’ayishiga qarab M.r.ga dastlab qo’shiladilar, so’ngra (Yoshi o’tgach) undan chiqadilar. Ko’pchilik mam- lakatlarda, shu jumladan, O’zbekistonda 16-59 yoshdagilar M.r.ga kiritila- Di. M.r. o’sishi aholining ko’payishiga bog’liq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik ko’p bo’lsa, M.r. shunchalik tez o’sadi. 20-a. oxiri —21-a. boshlarida O’zbekistonda M.r. har yili 320-350 ming kishi atro- fida ko’pay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qo’yganlar tashkil etadi. M.r. soni mikdoriy ifoda bo’lsa, mehnat yoshidagilarning bilim saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilar- monligi uning sifatini yaratadi. Ta’- limtarbiya, malakani oshirish, sog’liqni ta’minlash, uni mustahkamlash uchun sarflar inson kapitaliga investisiya bo’lib, M.r. ni takroran yaratishga xiz- mat qiladi. M.r. mehnat bozori orqali taqsimlanadi. M.r. ban-dligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish b-n ta’min- lanishi, ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. M.r. tarki- bidagi ishlashga talabgor bo’la turib ish topa olmaganlar ishsizlar (q. Ishsizlik) hisoblanadi (q. Bandlik). 21-a. boshlarida O’zbekiston M.r. tez o’sishi b-n tavsiflandi. 2003 y.da res- publikada M.r. 13181,0 ming kishini tashkil etdi.