Mehnat muhofazasi

Mehnat muhofazasi – inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihatsalomatligi va ish qobili-yatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida ko’llaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariyagigiena, davolash-profilaktika choratadbirla- ri belgilab qo’yiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sog’lom mehnat sharoitlari yaratish, kasb ka- salliklari yuz berish xavfini oldini olish, i.ch.da jarohatlanishlarga yo’l ko’ymaslik kabilar M.m. oldidagi vazi- falar hisoblanadi. O’zRda xavfsiz va qulay mehnat sharo- ITIda ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitusiyada (37modda) mustahkamlanib qo’yilgan. Ush-bu kon- stitusiyaviy kafolatni amalda ro’yobga chiqarilishiga qaratilgan aniq cho- ratadbirlar O’zR ning mehnat kodek- sida, “mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun (1993 y. 6 may) da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgi- langan. O’zbekistonda M.m. uchun kat- ta moliyaviy mablag’lar ajratiladi va o’zlashtiriladi. Sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi O’zR fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan bo’lib hisoblanadi. M.m.ga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, “mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tar- tibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa keli- shuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativhuquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid bo’lgan M. m. standartlarida belgilab qo’yiladi. Mulkchilik shakli va xo’jalik yuritish usulidan qat’i nazar barcha korxona, mu- assasa, tashkilotlar o’z xodimlari uchun sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi chorala- rini ko’rishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tash- kiliytexnik tadbirlarni amalga oshi- rishi shart. M.m. qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchi- lik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, M.m.ga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan O’zR Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi Pro- kurorlar umumiy nazorat olib boradi. M.m. haqidagi qonun talablarini buz- gan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shax- slariga nisbatan esa in-tizomiy, ma’- muriyhuquqiy, jinoiy javobgarliklar qo’llanishi, ular aybi b-n etkazilgan moddiy zarar qoshtattirilishi mumkin. Yo’ldosh Tursunov.