Messina
Messina — Italiyadagi shahar va port. Sisiliya o.ning shim.-Sharqiy sohilida. Messina provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 236,6 ming kishi (2001). M. iqtisodiy ahamiyati bo’yicha orolda 2-o’rindagi shahar. T.y. paromi orqali Apennin ya.o. sohilidagi shaharlar b-n bog’langan. Kimyo, oziq- ovqat, kemasozlik va kema ta’mirlash korxonalari mavjud. Un-t (1548), dengiz biologiyasi in-ti, botanika bog’i, muzey bor. M.da tez-tez zilzila bo’lib turadi, eng kuchlisi 1908 y.da bo’lgan. Harbiy dengiz bazasi. Me’moriy yodgorliklar- dan 12-16-a.larda qurilgan Cher-kov, sobor, favvoralar saqlangan. Shaharga mil. AV. 730 y.da asos solingan. Mil. AV. 493 y.gacha Zankla, o’sha yildan M. deb atalgan.