Metagalaktika

Metagalaktika (meta… vo ga- laktika) — yulduz sistema (galaktika) lari majmui. Koinotning zamonaviy teleskoplar b-n kuzatsa bo’ladigan (bu- lar mlrd.ga yaqin) galaktikalarning hammasi M.ning bir qismi. Galaktika- miz yoki somon yo’li sistemasi M.dagi yulduz sistemalaridan biridir. Tele- skoplar quvvati oshgan sari uzok, maso- fadagi ob’ektlar tadqiq qilina bosh- landi. M. hech qanday ob’ekt bo’lmay, koinotning shartli ravishda olinayotgan qismi xolos. Galaktikalar asosan turli fizik bog’langan to’dalarni va guruxlar- ni tashkil qiladi. Guruhlar ikki yoki undan ortiq yulduz sistemasidan; o’nlab, yuzlab va, hatto, minglab galaktikalarni o’z ichiga olgan to’dalardan, o’n minglarcha galaktikadan tuzilgan tumanliklardan iborat bo’ladi. Mas, bizning Galaktika va unga yaqin joylashgan boshqa (taxm. 150 ta) galaktikalar mahalliy galakti- kalar guruhi deb ataladigan to’daga ki- radi. Bu to’dalarning to’dalari ham mav- jud bo’lib, ularning massalari kamida bir necha ming trillion Quyosh massasiga teng. Ushbu o’tato’dalar M.ning e ng Yi- rik fizik ob’ektlari hisoblanadi. Ular shakli deyarli disksimon bo’lgani sabab- li adabiyotda “Zeldovich quymoklari” deb ham ataladi. O’tato’dalar gigant bo’shlikdarni che- garalab turadi. Natijada M.ning eng katta masshtabdagi tuzilishi “arining uyasi”ni eslatadi. O’tato’dadan iborat “devorlar” orasidagi o’rtacha masofa ka- mida bir necha o’n million parsekka teng bo’ladi. Galaktikalararo fazoda yakka- langan yulduzlar, kosmik elektromagnit nurlar, kosmik chang (galaktika to’dalari orasidagi fazoda) mavjud. M.ning biz- ga ma’lum bo’lgan chegarasi (qismi) dagi o’rtacha modda zichligi 10-3’+10-30 g/sm3. M. o’lchamini “qizilga siljish” z qiymati orqali ifodalash qulay. Zamo- naviy teleskoplar va ularga o’rnatilgan o’ta sezgir kameralar yordamida taxmi- Nan z = 5 qiymatida ayrim kvazarlar- ni (tug’ilishi endi boshlangan Galak- tika yadrosini) kuzatish mumkin. Bu “nuqtalarda” Koinotning kengay-ishi tezligi deyarli 280 ming km/sek ga teng bo’lib, ular M.ning shartli chegarasida kuzatiladi. Koinotning z>5 bo’lgan FA- zosi tarkibi va tuzilishi bo’yicha nazariyotchi astrofizik va kos- mologlar yangi modellar ustida ish olib bormoqdalar (yana q. Koinot, Kosmogoniya, Kosmologiya). Salohiddin Nuritdinov.