Metallar

Metallar (Yun. Metalleuo — qaziyman, erdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr o’tkazuvchanligi, issiq o’tkazuvchanligi, elektr o’tkazuvchanligi, elektr magnit to’lqinlarini yaxshi qaytarishi, PLA- stikligi kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan oddiy moddalar. M. qattiq holatda kristall tuzilishda bo’ladi. Bug’ holatida esa bir atomlidir. M.ning OK- sidlari suv b-n birikkanida ko’pincha gidroksidlar (asoslar) ga aylanadi. M. elektron tuzilishi tu-fayligina yuqorida aytib o’tilgan o’ziga xos Xu- susiyatlarga ega. M. atomlari tashqi (valent) elektronlarini osonlikcha beradi. M.ning kristall panjarasi- da hamma elektron o’z atomi b-n birik-Kan bo’lavermaydi. Ulardan ba’zilari harakatlanadi. Kimyoviy xossalari. D. I. Mendele- evning davriy sistemasidagi 109 ki- myoviy elementning 87 tasi M., 22 tasi metallmasdir. Barcha M.ni “oddiy me- tallar”, “oraliq metallar”, “lantanoid va aktinoidlar” tashkil qiladi. Davriy sistemada asosiy guruhchalardagi metal- lar oddiy metallar (s – va r-elementlar), qo’shimcha guruhchaga joylashgan metal- lar — oraliq metallar yoki (d – va f – ele- mentlar) nomi b-n yuritiladi. Oddiy moddalarni metallar va metallmas- lar deb shartli ravishda ikki guruhga bo’linadi. Mac, Ge va Sb qaysi turkumga kirishi to’g’risida yagona fikr mavjud emas. Lekin germaniyni yarimo’tkazgich xossalariga ega bo’lgani uchun metallmas, surmani esa fizik xossalariga ko’ra yarim metall bo’lsada, M. deb hisoblash to’g’riroqdir. Qalayning metall ((Z-Sn) va yarim-o’tkazgich (a-Sn) modifikasiya- lari bor. Germaniy, kremniy, fosfor va ba’zi metallmaslarning yuqori bosim ostida M. kabi o’tkazuvchi modifikasi- yalari mavjudligi aniqlangan. Bundan tashqari, yuqori bosim ostida barcha mod- dalar ham metallik xossalarini namoyon qilishi mumkin. Shu sababli, u yoki bu elementni M.ga yoki metallmaslarga ta- allukli ekanligini belgilashda uning nafaqat fizik xossalarini, balki ki- myoviy xossalarini ham hisobga olish zarur. M. kimyoviy reaktsiyalarga elek- tronlar donorlari sifatida kirishadi, birikmalarda yoki eritmalarda musbat zaryadli ionlar hosil qiladi. M.ning elektromanfiyligi metallmaslarning elektromanfiyligidan pastroq bo’ladi. Ko’pchilik M. vodorod, galogenlar, xal- kogenlar b-n faol reaktsiyaga kirishadi. Ishqoriy va ishqoriy er metallar suv b-n oddiy t-ralarda, rux va temir kabi M. esa suv bug’i b-n yuqori t-ralarda reak- tsiyaga kirishadi. Azot b-n qator M., mas, litiy xona t-rasida, magniy, tsirkoniy, gafniy, titan esa qizdirilganda reak- tsiyaga kirishadi. Metall o’ziga qaraganda aslroq metallni o’sha metall tuzi erit- masidan siqib chiqaradi. Bu xossalarga asoslanib, barcha M. ku-yidagicha joy- lashadi (Beketov qatori): Li, K, sa, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Cd, Co, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Ag. Hg, Au. Fizik xossalari. Ko’pchilik M. oddiy kub va geksagonal kristall tuzilishda, ba’zi M. murakkab kristall panjara tuzilishida bo’ladi. Ko’pchilik M. tashqi sharoitga (tra, bo- sim) ko’ra, ikki yoki undan ko’p modifi- kasiyada bo’lishi mumkin. M.ning suyuk- Danish t-ralari — 38,87° dan (Hg) 3380° gacha (W), zichligi 0,531 g/sm3 dan (Li) 22,5 g/sm3 gacha (Os). M. o’ziga xos optik, termik, mexanik, elektrik va b. bir necha xossalarga ega; chunonchi, suyukdanish va qaynash t-rasining yuqoriligi, sirtidan yorug’lik va tovushni qaytishi, issiq va elektrni yaxshi o’tkazishi, zarba ta’siri- dan yassilanishi va cho’zilishi ko’pchilik M.ning eng muhim fizik xossasidir. Zichligi 5 dan kichik M. engil, 5 dan kattalari — og’ir M. deyiladi. Temir va uning qotishmalari qora M., qolganlari rangli M. deb yuritiladi. Asl M. bunga qaramaydi. Nodir M. jumlasiga vana- diy, molibden, berilliy, indiy, tsirko- niy, lantan, niobiy, tantal, reniy, Ger- maniy, galliy, talliy va b. kiradi. “No- dir M.”degan ibora shartli ibora bo’lib, sof metall ajratib olish usullarining qanchalik takomillashganiga bog’liq; bir vaqtlar “Nodir” deb hisoblangan titan endilikda “Nodirlar” jumlasiga kirmaydi (M.ning kimyoviy va fizik xossalari haqida metall elementlarga oid maqolalarga qarang). M.ning ba’zi birikmalarida (qotishmalarda ham) me- Tall bog’lanish (metallni hosil qiluvchi zarralar orasidagi bog’lanish) saqlanib qoladi. M. tabiatda erkin va kimyoviy birikmalar holida uchraydi. Asl M. (ol- tin, platina, kumush), ba’zan mis, qalay va simob sof holda topiladi. Olinishi. Sanoat miqyosida sof me- Tall olish uchun yaroqli tabiiy xom ashyo — metalli ruda nomi b-n yuritiladi. Ruda- larga, ko’pincha, qo’shimcha jinslar — loy, qum, ohaktosh va h.k. aralashgan bo’ladi. Shu sababli rudani qayta ishlashdan AV- val uni bu jinslardan tozalash, boshqacha aytganda, rudani boyitish lozim. Boyi- tilgan ruda “kontsentrat” deb ataladi. Ko’pchilik rudalar flotasiya usulida boyitiladi. M. rudalarining birinchi turkumi tabiiy M. bo’lsa, ikkinchisi — oksidli rudalar hisoblanadi. Oksid- li rudalarga qizil temirtosh G’e2 O3, qo’ng’ir temirtosh Fe2O33H2O, magnit temirtosh Fe3O4, boksit A12O3-2n,o, pirolyuzit MpO2, qalaytosh SnO2, vis- mut oxrasi BiO3 kiradi. Er po’stining chu-qurroq qismlarida M.ning sul- fidli rudalari uchraydi, mas, mis kol- chedani CuFeS2, mis yaltirog’i Cu2S, kinovar HgS, qo’rg’oshin yaltirog’i PbS, ruxyaltirog’i ZnS va h.k. Ba’zan bir necha M.ning sulfidlari aralash xrlda uch- rab, polimetall rudani tashkil qiladi. Ba’zi M. xloridlar, sulfatlar, karbo- natlar va fosfatlar b-n birga bo’ladi, ba’zilari silikatlar tarkibiga kiradi. M. Er pustila bir xilda tarqalmagan. Er po’stida massa jihatidan alyuminiy 8,05%, temir 4,65%, kaltsiy 2,96%, na- triy 2,5%, kaliy 2,5%, magniy 1,85% bo’lsa, qolgan barcha M. Er pusti massasi- ning juda oz qismini (qariyb 0,2% ni) tashkil qiladi. 1958 y.da O’zbekistonda avisenit (tarkibida talliy va temir oksidi bor) minerali, keyinroq Olmaliq xududi- ning polimetallik minerallarini tek- shirish jarayonida b i r u nit, nasledo- vit minerallari topildi. Tarkibida vanadiy va uran M.i bo’lgan tuyamunit minerali [Ca(UO2)2(VO4)2nH2O] ham O’zbekistonda topilgan. Rudalardan M.ni sof holda olish ishi texnikada qaytarish, termik parcha- lash, almashinish jarayonlari natijasi- da metallurgiyaning turli tarmoqdari (pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektrometallurgiya)da amalga oshi- riladi. O’ta sof M. olish uchun modda- larni vaku-umda haydash usulidan ham foydalaniladi. Keyingi y.larda zona- lar bo’ylab suyuklantirish usuli ko’p qo’llanilmoqda. Bu usul asosida (elek- tron-nurli lampalar b-n qizdirib) ni- obiy, tantal, volfram va b. M. yot mod- dalardan tozalanadi. M. sof holda kam- dankam ishlatiladi. Ko’pincha, qotishma holida qo’llaniladi. Mac, cho’yan, po’lat, jez, bronza, konstantan, melxior, nix- rom va b. Atmosfera sharoitida M. Emi- riladi (korroziyaga uchraydi). Metall bu- yumlarni emirilishdan saqlash muqim ahamiyatga ega. Maxsus zanglamaydigan po’latlar tayyorlash usulining topilishi bu masalani hal qilishga yordam beradi. M. turmushda, qurilishda, kosmonavtika, kemasozlik, mashinasozlik, samolyotsoz- likda va b. ko’p sohalarda ishlatiladi (ya na q. Metallarni ishlash). Ad.: Zaytsev B. E., Obtshie Fizicheskie i ximicheskie svoystva metallov, M., 1987. Peksheva N. P., Ximiya metallov, Krasnoyarsk, 1987. Bobileva. V., Mexa- nicheskie i Texnologicheskie svoystva metallov, 2 izd., M., 1987. Nusrat Parpiev, Omonulla Xo’jaev.