Mill jon Styuart

Mill jon Styuart (1806.20.5, London — 1873.8.5, Avinon) — ingliz faylasufi, iqtisodchi va jamoat arbo- bi. Ost-Indiya kompaniyasida (1823-58) xizmat qilgan. 1865-68 y.larda par- lament a’zosi . Liberal va demokra- tik islohotlarni qo’llab-quvvatlagan. M.ning dunyoqarashi D.Rikardo, I.Bentam, J.Berkli, D.Yum va b.ning falsafiy, iqtisodiy nazariyalari ta’- sirida shakllangan. U murosali siyosat va davlatning iqtisodiyotga aralashmas- lik, shuningdek, ijtimoiy islohotlar tarafdori bo’lgan. O’zining “Erkinlik to’g’risida” (1859) asarida individual faoliyat erkinligiga aralashmaslik ta- moyilini ilgari surgan, lekin amaliy faoliyat sohasida davlatning ta’lim va mehnat shartnomalari borasidagi roliga yuqori baho bergan. “Siyosiy iktisodni asoslash va ularning ijtimoiy filoso- fiyaga ayrim iloalari” (1848) asarida A.Smitning “xalqlar boyligi” asari g’oyalarini D.Rikardo, J.Sey, T.Maltus va b. iqtisodchilarning g’oyalarini hisobga olgan holda bayon etishga harakat qilgan. Garchi M. o’z asarini A.Smitning “Xalqlar boyligi” asarining zamona- viylashtirilgan ko’rinishi deb ta’kid- lagan bo’lsa ham, lekin u iqtisodiyot nazariyasiga ko’pgina original g’oyalar kiritdi, jumladan, uning talab va ta- Klif nazariyasini ishlab chiqishi eng muhim hissa bo’ldi. M. talab va taklif omillarini narx nazariyasiga kiritib, neoklassik narx nazariyasining vujudga kelishiga yo’l ochib berdi.