“Milliy Ittihod”

“Milliy Ittihod”, “Ittihodi taraqqiy” — Turkiston jadidlari to- monidan tashkil etilgan yashirin tash- kilot (1920-25) Munavvarqori va sa- driddinxon Sharifxo’jaev tashabbusi b-n Toshkentda tuzilgan. “Turk adam markaziyat (federalistlar) firqasi” (1917 y., iyul) “Ittihod va taraqqiy” (“Ittihodi taraqqiy”, 1917— 20) yashi- rin tashkilotlari asosida tashkil top- gan. “M. i.”bolsheviklar rejimiga qarshi kurashda sovet muassasalarida xizmat qilayotgan milliy rahbar xodim- larga tayangan va o’z oldiga Turkistonda milliy mustaqil davlatni barpo etish- ni bosh maqsad qilib qo’ydi. “M. i.”ning o’zagini o’z Vatanining mustaqil bo’lishi yo’lida kurashga tayyor bo’lgan taraqqiyparvar ziyolilar tashkil etdilar. “M. i ” tashkiloti faoliyati- da Munavvarqoridan tashqari, T. Jonuzoqov, Ashurali Zohiriy, U. Asadullaho’jaev, Sayd Ahroriy, S. Sharifxo’jaev, Salimxon Tillaxonov va b. muhim rol o’ynashdi. 1920 y.dan bosh- lab tashkilotning Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Buxoro va Xorazm sho”balari tashkil qilindi. 1920 y. noyab.da Munav- varkrrining Buxoroga borishi va Buxo- ro Xalq Sovet Respublikasi maorif nozirligida vaqf bo’limi mudiri vazi- fasida ishlashi b-n tashkilot markazi Toshkentdan Buxoroga ko’chdi. Buxoroda 5 kishidan iborat Markaziy qo’mita tashkil qilinib, unga Sa’dullaxo’ja Tursunxo’jaev, Abduqodir qush-Begiev va b. kiritiladi. Tashkilot qayta tu- zilib, uning yangi dasturi va nizomi ishlab chiqiladi, muxri tasdiqlanadi. Munavvarkrri Toshkentda GPU tomo- nidan qamoqqa olingach (1921 y. 30 mart — 1 dek.), ma’lum muddat tashkilot FA- oliyatida qatnashmadi. Yosh buxoroliklar firqasining sobiq a’zolari (Fitrat, Otaulla Xo’jaev, Mukammil Burxonov, A. Muhiddinov, Usmon Xo’ja, Muin- jon Aminov, Porso Xo’jaev va b.) “M. i.”tashkiloti faoliyatida ishtirok qildilar. Validiyning Buxoroga keli- shi va Turkiston milliy birligi tash- kiloti tuzilishi b-n (1921 y. avg.) “M. i.”faoliyati yanada kuchaydi. Keyinchalik Cho’lpon, S. Mirjalilov, O. Maxmudov, Toshpo’latbek Norbo’tabekov, Bekjon Rahmonov ham tashkilot faoliyatiga yaqindan yordam berdilar. “M. i.”tashkilotining shu vaqtdagi asosiy maqsadi Buxoro Respublikasi, umuman, Turkiston mintaqasini so- vetlashtirish va ruslashtirish ta’siri- dan saqlab qolish, yurt mustaqilligiga erishish edi. “M. i.”tashkiloti a’zolari mav- jud tuzumga qarshi qurolli harakat rahbarlari b-n aloqa o’rnatib, Rahmonqul qo’rboshi huzuriga S. Sharifxo’jaev, Usmonxo’ja To’xtaxo’jaev va Tangriqulxoji Maqsudiylarni g’oyaviy mafkurachilar sifatida yubordi (1921 y. mart). Keyinchalik S. Sharifxo’jaev qisqa muddat qamoqda bo’lgach, Salim Posho b-n birgalikda avval Afg’oniston, so’nfa Eronga o’tib ketdi (1923 y. iyul). O’rta Osiyoda milliyhududiy chegara- lanish o’tkazilishi arafasida — 1924 y. oxirlarida tashkilot markazi qayta Toshkentga ko’chadi. Viloyat sho”balari yangi xodimlar b-n kengaytiriladi. O’zbekiston SSR tashkil topgach, GPU tomonidan har tomonlama siquv ostiga olingan “M. i.”1925 y. boshlarida o’zini tarqatilgan, deb e’lon qiladi va keyin- chalik uning asosida “Milliy istiklol” tashkiloti tuziladi. Bu yashirin tashki- lot 1926-29 y.larda mavjud bo’lib, uning faoliyatida S. Tilla- Xonov muhim rol o’ynaydi. Keyincha- lik buxorolik va farg’onalik milliy ittihodchilar ham bu tashkilotga kelib qo’shilganlar. “Milliy istiklol” tash- kiloti nafaqat O’zbekistonda, balki butun O’rta Osiyoda demokratik Respu- blika tamoyillariga asoslangan tuzum o’rnatishni o’z faoliyatining asosiy yo’nalishi, deb hisobladi. Biroq sovet davlati mustahkamlana boshlanishi b-n tashkilot o’z faoliyatini to’xtatishga majbur bo’ldi. 1929 y. noyab.da tosh- kentda Munavvarkrri boshchiligidagi 38 kishi (keyinchalik ularning soni 87 kishiga etdi) bu tashkilotning a’zosi sifatida qamoqqa olindi. Ter-gov ja- rayoni keyinchalik Toshkentdan Moskvaga ko’chirildi va ular qatag’on qilindi (yana q. “O’zbekiston Respublikasi” maxsus jildining Tarix bo’limi). Ad.: Munavvar qori Abdurashidxo- Nov, tanlangan asarlar, T., 2003; Vali D i y , Bo’linganni bo’ri er. Turkiston xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi tarixidan [xotiralar] T., 1997; jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash, T., 1999; O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [O’zbekiston sovet mustamlaka- chiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002. Naim Karimov, Qahramon Rajabov.