Milliy mafkura

Milliy mafkura — muayyan millatning etnoijtimoiy birlik sifa- tida mavjud bo’lishi va rivojlanishi- ni asoslab beruvchi g’oyalar va qarashlar tizimi. Ko’p hollarda M.m.ni bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb tu- shunilmaydi, u muayyan davlat yoki jami- yatning umumiy mafkurasi ma’-nosini ham anglatadi. Chunki “milliy” sifati “millat” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, faqat muayyan etnik birlikni emas, bal- ki muayyan “jamiyat” yoki “davlat” ma’- nosini ham ifodalashi mumkin. M.m. tushunchasi ham Uzbekistonda yashab, FA- oliyat ko’rsatayotgan barcha millat vakil- lariga tegishlidir. M.m.ning o’zagini O’zbekistondagi turli millat va elat, din va e’tiqod vakillarini mamlaka- timizda ozod va obod Vatan barpo etish uchun birlashtirish, xalqlarni o’zaro hurmat va hamkorlikka chorlash, olija- nob maqsadlarni ko’zlash kabi umuminso- niy tamoyillarga aylangan g’oyalar tash- kil etadi. M.m. o’zligimizni, muqaddas an’-analarimizni anglash tuyg’ularini, xa-lqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiya- timiz oldiga qo’yilgan oliy maqsad va vazi-falarni ifoda etadi. M.m. har qanday millatchilikdan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsi- tish kayfiyati va qarashlardan xolidir. U jamiyatimizdagi har qanday inson- ning e’tiqodi va dunyoqarashidan qati nazar, ularning barchasini yagona maqsad atrofida birlashtiradigan; xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydi- gan, el-yurtimizni buyuk istiqbol sari chorlaydigan ma’naviy omildir. M.m. haqida gapirganda yana shuni ham nazar- da tutish kerakki, O’zR Konstitu-tsiyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini to’liq ta’minlaydi. O’zR Konstitusiyasining 12moddasida “hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifa- tida o’rnatilishi mumkin emas”, deyil- gan. Mafkurada bo’shliqqa yo’l qo’ymay, M.m.ni xalqimiz ongiga singdirish za- mon talabidir (yana. q. Istiqlol mafku- rasi). Ad.: Milliy istiklol g’oyasi: asosiy tu-shuncha va tamoyillar, T., 2001. Qiyom Nazarov.