MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI

MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institut i (MRDI) — tasviriy va amaliy bezak san’ati bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’kuv yurti. In-t rangtasvir, grafi- ka, haykaltaroshlik, amaliy san’at usta- lari, dizayner, san’atshunos va muzey- shu-noslar tayyorlaydi. 1954 y. Toshkent teatr san’ati in-ti tarkibida rassomlik san’ati f-ti ochilib, in-t Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-tiga aylanti- rilgan; 1990 y.dan Mannon Uyg’ur nomi- dagi san’at in-ti. 1997 y.da O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Far- moniga binoan san’at in-ti tarkibi- dan ajralib chiqdi va O’zbekiston ba tarkibida hoz. nomida tashkil etildi. In-t tarkibida 4 f-t (tasviriy san’at, amaliy san’at, san’atshunoslik, malaka oshirish va qayta tayyorlash), kompyuter sinfi, o’quv-ijodiy ustaxonalar, ku- tubxona bor. Ta’lim akademik realistic rangtasvir maktabi an’analari asosida olib boriladi, birok, talabalarning ijodiy erkinligi cheklanmagan; in-tda magistratura, aspirantura, ilmiy ken- gash faoliyat ko’rsatadi; o’quv-uslubiy qo’llanmalar, darsliklar, dasturlar va b. yaratiladi. 2002— 2003 o’quv yilida 716 talaba ta’lim oldi; 200 dan ortiq pedagoglar, shu jumladan, 9 ta akademik, 19 ta fan D-ri va prof., 31 ta fan nomzo- Di va dosent hamda boshqa o’z kasbining ustalari malakali mutaxassislar tayyor- lashga hissa qo’shmoqda. In-t tarixi va an’analari badiiy ta’lim ustalarining bir necha avlod- lari ijodlari b-n chambarchas bog’liq. O. Tatevosyan, V. Urmanchi (rangtasvir), M. Saidov, V. Riftin, E. Kalontarov, T. Oganesov, G. Brim (teatr va kino ras- somligi), K. Salohiddinov, A. Boyma- tov (haykaltaroshlik), L. I. Rempel, M.V.Shostko, Sh. Toshxo’jaev, R. Toqtosh (san’at tarixi va nazariyasi) va b. ishla- gan. Iste’dodli mo’yqalam sohiblari R. Ahmedov, Q. Basharov, B. Jalolov, S. Rax- Metov, A. Ikromjonov, L. Ibrohimov, N. Qo’ziboev va b., haykaltarosh I. Jabbo- rov va b., amaliy bezak san’ati ustalari A. Abdurazzoqov va b. badiiy ta’lim ri- vojiga katta hissa qo’shmoqda. In-t mu- zeyi ishlab turibdi (1997), “musavvir” (2002) va “Nihol” (2002) gaz.lari nashr etiladi. In-t jahonning turli mamlakatlari (MAP, Yaponiya, Koreya, Belgiya, Germaniya va b.) oliy o’quv yurtlari b-n hamkorlik qiladi. In-tning ijodkor prof.-ped. lari (S. Abdullaev, R. Rizamuhamedov, A. Mamatova, A. Li, J. Umarbekov, F. Boy- matov, M. Nuriddinov va b.), ba’zan ta- labalari ham xorijdagi ko’rgazmalarda ishtirok etadi, shaxsiy ko’rgazmalari uyushtiriladi. Tursunali Qo’ziev.