MILLIY OLIMPIADA QO’MITASI

MILLIY OLIMPIADA QO’MITASI (MOQ) — mamlakat no- midan Olimpiada harakatida vakil bo’lib qatnashuvchi tashkilot. Moqni Xalqaro Olimpiada qo’mitasi (XOQ) tan olmasa, milliy jamoalar Olimpiada o’yinlariga qo’yilmaytsi. O’zbekiston Re- spublikasi MOQ 1992 y. 21 yanv.da tash- kil topgan, 1993 y. sent.da XOQ tomoni- dan tasdiqlangan. Moqning maqsadlari: Olimpiada harakati va havaskorlar spor- tini rivojlantirishga yordam berish; mamlakat sportchilarining Olimpiada o’yinlarida ishtirok etishini ta’min- lash; O’zbekiston va butun dunyo sport- chilari o’rtasidagi do’stlik aloqalarini rivojlantirish. Moqning oliy organi Bosh Assambleya, u odatda, bir yilda ka- mida bir marta chaqiriladi. Assam-ble- yalar orasidagi davr ichida MOQ ij- roiya qo’mitasi Olimpiada harakatiga rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga prezident, 3 vise-prezident, bosh kotib, bosh direktor va 7 a’zo kiradi. Ular 4 y. muddatga saylanadi. O’zbekiston Respu- blikasi MOQ manzili — Toshkent sh. O’zbekiston Respublikasi MOQ rahbarligida ish olib boruvchi O’zR Olimpiya akademiyasi tashkil qilingan (1993). U ko’ngilli jamoat tashkilo- ti hisoblanib, Olimpiada harakati va Olimpiada o’yinlarining qadriyat va tamoyillarini o’rganadi va ommalash- tiradi. Olimpiada g’oyalarini targ’ib qilish maqsadida Toshkentda O’zbeki- ston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tash- kil etildi (1996). Muzeyda O’zbekiston va xalqaro Olimpiya harakati, milliy sport turlari tarixi, mashhur sportchi- lar erishgan muvaffaqi-yatlardan hikoya qiluvchi eksponatlar to’plangan.