Mirmuhsin Mirsaidov

Mirmuhsin Mirsaidov (1921.3.5, Toshkent) — shoir va yozuvchi. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1981). Uz- bekistonda xizmat ko’rsatgan madani- yat xodimi (1970). Toshkent pedagogika in-tini tugatgan (1942). Respublika radioqo’mitasida muharrir (1944-46), Uzbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1947-61), “Kizil Uzbekiston” gaz.da bo’lim mudiri (1961-63), “Sharq yuldu- zi” (1950-60, 1972-81), “Mushtum” (1963- 71), “Guliston” (1982-94) jur.larining bosh muharriri. Dastlab shoir sifa- tida tanilgan. Ilk dostoni “Qamar” 1938 y.danashr etilgan. “Vafo” (1944), “Kdsrdon do’stlar” (1948), “Farg’ona” (1951), “vatandoshlar” (1952), “Irmoqlar” (1959), “qalb va falsafa” (1960), “she’rlar” (1964) va b. she’- riy to’plamlar muallifi. “Usta G’iyos” (1946), “Do’nan”, “yashil qishloq” (1948), “Shirok.”(1969), “Nevara”, “Avesto” (1970) kabi dostonlarida zamondoshla-rimiz va tarixiy qahramonlar siymosi chizilgan. Birinchi o’zbek she’riy Roma- ni “ziyod va Adiba” (1954) M. qalamiga mansub. She’r va dostonlari obraz, tas- viriy vositalari hamda tili jihatidan sodda va ravonligi, hayotiyligi b-n AJ- ralib turadi. Ilk nasriy qissasi “ja- Mila” 1956 y.da e’lon qilingan. “Oq marmar” (1957), “cho’ri” (1962), “tungi chaqmoqlar” (1964) qissalari tarixiy mavzuda, “Arab hikoyalari” (1960), “Cho- drali ayol” (1979) qissalari xorijiy mamlakatlarga safar taassurotlari asosida yaratilgan. Qissalarida zulm- istibdodga qarshi kurashgan mard, oli- janob, Jasur qahramonlar siymosi tas- virlangan. M.ning “chiniqish” (1969), “Degrez o’g’li” (1972), “Chotqol yo’lbarsi” (1977) romanlari o’zbek ishchilarining hayoti va mehnatiga bag’ishlangan. “Umid” (1969) romanida ilm kishilari, paxta- shunos olimlarning zahmatli izlanish- lari va kurashi turli ziddiyatlar, murak- kab to’qnashuvlar vositasida hayotiy gav- dalantirilgan. M. romanlaridagi Ali- jon, Umid, Hafiza, Arslon, Subhiya kabi obrazlar badiiy psixologizmi, sodda va samimiy, hayotiy bo’yoklarda chizilganli- gi, olijanobligi b-n ajralib turadi. M. ijodida tarixiy mavzu muhim o’rin egallagan. “Me’mor” (1974) romanida Temuriylar davri me’morligi an’ana- lari, iste’dodli me’morsan’atkor na- jmiddin Buxoriyning fojiali qismati yoritilgan. “Temur Malik” (1986) ro- manida mo’g’ul bosqinchilariga qarshi mardona kurashgan buyuk qahramonlar — sarkarda Temur Malik va Sulton ja- loliddin Manguberdilarning jangovar obrazlari yorqin aks etgirilgan. M. ning “Ildizlar va yaproqlar” (1982), “ilon uchi” (1995), “Turon malikasi” (1997) romanlari ham bor. M. bolalar uchun xam ko’plab she’r va dostonlar, hikoyalar yaratgan (“Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalar”, “Lukmon va O’roqboy” va b.). Asarlari ko’plab xorijiy tillar- ga tarjima qilingan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureate (1974), “el-yurt hurmati” ordeni b-n mu- kofotlangan (1998). As: Saylanma [4 j.li], T., 1981-85; Ad.: Nasriddinov F., Mirmuhsin, T., 1972; Normatov U., Abdullaev O., Ijod- ning qo’sh qanoti, T., 1981. Ortiqboy Abdullaev.