Misrshunoslik

Misrshunoslik – sharqshunos likning Kdd. Misr tili va yozuvi, ta- rixi, madaniyati va arxeologik Yodgor- liklarini o’rganuvchi sohasi. Parijda Qadimgi yozuvlar akademiyasida frantsuz olimi F. Shampolon Misr ieroglifik yozuvlarini o’qish ustidan olib borgan tadqiqotlari to’g’risida axborot bergan vaqti (1922 y. 22 sent.) M.ka asos so- lingan kun deb qabul qilingan. U Rozet sh. yaqinida topilgan toshdagi 3 tilda yozilgan matnlarni va yodgorliklarni o’rganish jarayonida bu yozuvlarni o’qish yo’lini topgan va shu asosda Misr yozuvi lug’ati va grammatikasini tuzgan. 1820— 30 y.larda Shampolon Misrga ekspedi- tsiya uyushtirdi. U erda bir qancha Yodgor- liklarni to’plab, ular to’g’risida ilmiy xulosalar berdi. 1851 y.dan Misrda si- stematik ravishda qazish ishlari olib borildi. Frantsuz olimi o. Mariet Memfis yaqinidagi Sakkarada olib bor- gan qazish ishlaridan keyin Misr muzeyi va “merosni o’rganish” jamiyatini ochdi. M. rivojlanishida 19-a.ning 90-y.lari- da A. Erman asos solgan Berlin makta- bi muqim rol o’ynadi. Bu maktab Filol. sohasida tadqiqotlar olib bordi va ko’p jildlik Misr lug’atini tuzdi. 19-a. oxi- ri va 20-a. boshida frantsuz arxeologi J. de Morgan va ingliz arxeologi u. Pitri Flinders Qad. Misr fir’avnlari sulo- lasi hukmronligigacha bo’lgan davr va ilk sulola hukmronligi davrini o’rgandi. Rossiyada M.ni o’rganish 19-a.ning 1-yarmida boshlandi. Dekabrist G. S. Ba- tenkov 1824 y. Shampolonning “IE- roglifik tartib ocherklari” asarini qisqacha tahlil qildi. 1826 y. Impe- rator FA Milanda qad. Misr osori- atiqalarini sotib olib, ularni ermi- tajga berdi (1862). 19-a.ning oxirida V. S. Golenishchev Misrga bir necha bor ekspedisiyalar uyushtirdi. Qohira unti- da M. kafedrasini ochdi. 20-a.ning 20-y. larida nemis olimlari va b. Evropa- lik olimlar Misr tili va matnlarini o’rgandilar. Yangi pod-sholik davri yod- gorliklarini o’rganishda nemis, ingliz, Amerika olimlarining Amarnada olib borgan qazishmalari muqim o’rin egal- laydi. Ilk sulola hukmronligi va qad. pod-sholik davri tarixini o’rganishda ingliz arxeologi K. Emeri va Misr olimi Salim Hassan va Abu Bakrlarni Sakkara va G’azzodagi qabristonlarda olib borgan izlanishlarining natija- lari muhim ahamiyatga ega. Asvon to’g’oni qurilishi davrida suv osti zonasida qolishi mumkin bo’lgan tarixiy obida- larni saqlab qolish maqsadida 1960 y. YUNESKO qoshida xalqaro qo’mita tu- zildi. O’zbekistonda Toshkent sharqshunoslik in-ti, O’zMU, O’zR Pre- zidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar in-ti olim- lari va mutaxassislari M.ga taallukli siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy, mafku- raviy, harbiy, ma’naviy va diniy ma- salalarni tadqiq etmoqdalar. Toshkent Sharq-shunoslik in-tida nashr etiladi- gan “Sharq mash’ali”, “Sharqshunoslik” ilmiy to’plamlarida M.ka oid dolzarb masalalar yuzasidan ilmiytaxliliy maqolalar chop etilmoqda. Poytaxtda “O’zbekistonmisr” do’stlik jamiyati faoliyat ko’rsatayotir. Mazkur jami- yat Misr b-n madaniy-ma’rifiy va il- miy aloqalarni kengaytirishga xizmat qilmoqda. Yurtimizda o’tkazilayotgan il- miy-amaliy anjumanlar, do’stlik kunla- ri, kinoanjumanlar, talabalar o’rtasida o’tkazilayotgan tanlovlar, viktorinalar, ikki xalqni bir-biriga yanada yaqinroq tanishtirishga xizmat qilmoqda. I va II Toshkent tibbiyot in-tlari shifo- korlari o’zaro tashriflar, birgalikda olib borilayotgan tadqiqotlari orqali misrlik hamkasblari b-n jonli aloqa bog’laganlar. Ad.: Munavvarov 3., O’zbekiston i arabskiy Mir: perspektivi sotrudniche- stva, T., 1997; Maxmudbekov Sh., Borba Egipta za nezavisimost, T., 1992; gi- yasov B. T., Moxammad Xosni muborak — politik i diplomat, T., 1999; Giyasov B., Xasa-Nov E., Diplomatiya Egipta, T., 2001; Salohuddinov X. A., Fir’avnlar mamlakati, T., 1992; Borisov B. T., Rol islama vo vnutrenney i vneshney Politi- ke Egipta, M., 1991. Bobur G’iyosov.