Miskarlik

Miskarlik — hunarmandlikning qad. sohasi; mis va uning metallar b-n qotishmasidan qurollar, uy-ro’zg’or bu- yumlari va b. yasash kasbi. M.da buyum- lar 2 xil usulda — eritib quyib yoki bolg’alab yasaladi. Ish jarayonida me- Tall tez-tez qizdirib turiladi. Mu- rakkab shaklli buyumlar yasashda avval ayrim bo’laklar quyilib, so’ng ular bir- biriga qalaylanadi. Buyumlar qolipdan ko’chirilgach tozalanib, so’ng unga naqqoshlar chizma, kandakori yoki bosma usulida gul (naqsh) ishlaydi (yana q. Kan- dakorlik). Qadimda sof misning o’zidan bolg’alab buyumlar yasalgan, buyumlar yum- shoq va mo’rt bo’lgan. Jez davri (mil. AV. 2-ming yillik)dan mis va uning qalay, qo’rg’oshin, rux aralashmasidan ibo- rat metallar qotishmasidan bir-muncha pishiq bo’lgan buyumlar yasalgan. O’zbekiston hududida M. qadimdan rivojlangan, ushbu hududdan topilgan tarkibida mis ko’p bo’lgan jez idish- lar bunga misol bo’la oladi. Jez davri- ga oid muhrlarda o’simlik, hayvonlar (ilon, burgut va b.) tasvirlari ishlan- gan. Buxoro naqshlangan mis idishlar yasashning qad. markazi bo’lgan; bu erda mil. AV. 1ming yillikda metall quyish, mis va jez buyumlarini qoliplarga quyib ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Mac, Farg’onadagi Chust madaniyatiga oid pichoq, o’roq va ziraklar qoliplarga quy- ib ishlangan. Bu davr madaniyati- ga oid O’zbekiston Jan.dagi mis va jez bu-yumlariga xilma-xillik xos bo’lib, qad. buyumlarni bezashda chizma, Kan- dakori, bo’rtma naqshlar ishlash keng qo’llanilgan. 5-8-a.larda Sug’d va Xorazm badi- iy metall buyumlari keng tarqaldi; 10— 12-a.larda mehnat qurollari, qurol-aslahalar, ro’zg’or buyumlari b-n bir qatorda islimiy naqshlar, yozuvlar, tasviriy mavzular b-n qoplangan mu- rakkab shaklli yuksak badiiy buyumlar tayyorlangan, ayniqsa, hayvonlar shakli- dagi idishlar diqqatga sazovor, boshqa metallardan, qimmatbaho toshlardan qadab bezash (qadama) usuli qo’llanila boshlangan. 10-a. Arab sayyohi va geogra- Fi Muqaddasiy yozishicha, Samarqanddan katta mis qozonlar, nafis mis qadahlar, Buxorodan mis chiroklar Arab mamlakat- lariga keltirilgan. 11 —12-a.larda ter- mizlik ustalarning mayda gulli nafis naksh mujassamotli buyumlari Shuhrat qozongan. 14-16-a.larda Samarqandning Regi- ston maydonidan topilgan jez buyumlar xazinasi M.ning yuksak taraqqiyotidan guvohlik beradi: idishlar kandakori, qadama (tilla, kumush, kizil mis) usuli- da bezatilgan; Buxoro M. buyumlari b-n Shuhrat qozongan. 16-17-a.larda O’rta Osiyoda jez buyumlar tayerlashga ko’p e’- tibor berilgan. 18-20-a.larda qizil va sariq mis- dan buyumlar tayyorlash rivojlandi. 19-20-a. boshlarida O’rta Osiyoga Rossiya f-kalarida tayyorlangan buyumlarning ko’plab keltirilishi b-n M. buyumlari tayyorlash keskin qisqardi. Mahalliy ustalar keltirilgan buyumlarga taqlidan yangi shakldagi (oftobasamovar va b.) buyumlar tayyorladilar, keltiril- gan buyumlar (samovar va b.)ni an’anaviy milliy nakshlar b-n bezadilar. 20-a.da Qo’qon, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xivada M.ning o’ziga xos MAK- tablari shakllangan; mohir ustalar tay- yorlagan buyumlar Shuxrat qozondi. Ish, asosan, qo’l mehnatiga asoslangan. M. ar- tellarida hozir ham an’anaviy buyumlar — choydish, choyjo’sh, oftoba, lagan, ko’za, kosa, shamdon, dastsho’y va b., zargarlik buyumlari tayyorlanadi; shuningdek, yangi shaklli buyumlar xam paydo bo’lmoqda, ular yangi mavzular, naqshlar, tasvirlar b-n bezatiladi. Ustalar turli shaklda- gi idishlarni quyib tayyorlaydi, nafis o’yma naqshlar b-n bezaydi, an’anaviy shakllar, naqsh qismlarini turlicha qo’llab naqsh mujassamotini bo-yitadi va badiiy hunarmandlik asarlari yara- tadi. Respublika muzeylarida 19-20-a. larda yaratilgan M. buyumlari saqlanadi, ular shakli an’anaviy mukammal nisbat- lari va naqshinkor bezaklari b-n ajra- lib turadi. Tursunali Ko’ziev.